Respublika bo‘ylab “Future Skills Uzbekistan” loyihasi doirasidagi mashg‘ulotlar boshlandi

IT Park va O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorikda amalga oshirilayotgan “Future Skills Uzbekistan” loyihasi ishtirokchilari loyiha doirasidagi mashg‘ulotlarini boshladi.

Respublika bo‘ylab jami 510 nafar yoshlar mashg‘ulotlarni boshladilar. Guruhlarga qabul hali ham davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Future Skills Uzbekistan” - bu Axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida tashkil etilgan loyiha.

Hozirda quyidagi hududlarda mashg‘ulotlar boshlandi:

- Sirdaryo viloyati;

- Jizzax viloyati;

- Qashqadaryo viloyati;

- Xorazm viloyati;

- Toshkent viloyati;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

- Namangan viloyati.

Keng qamrovli o‘quv dasturi 9 oy davom etadi va yana 6 hudud, O‘zbekiston Respublikasi poytaxti va Qoraqalpog'iston Respublikasini qamrab oladi:

- Andijon viloyati;

- Buxoro viloyati;

- Navoiy viloyati;

- Samarqand viloyati;

- Surxondaryo viloyati;

- Farg‘ona viloyati;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

- Toshkent shahri.

Talablar:

Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun siz 16 yoshdan katta, ish bilan ta'minlanmagan bo‘lishingiz, shuningdek, mantiq, kompyuter savodxonligi va ingliz tili bilim darajalari sinov testlaridan otishingiz lozim

Dastur narxi oyiga 400 000.

Ish qidirayotganlar, ishsiz fuqarolar o‘qish summasining 50 foizi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi (umumiy loyiha ishtirokchilari sonining 70 foiz miqdorida).

50 foizi esa, potentsial ish beruvchi yoki ishitokchi tomonidan qoplanadi.

Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishsizlar va ish qidirayotgan ishtirokchilar 30 foizining o‘quv summasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Muhim:

Loyihada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

Batafsil ma‘lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: http://futureskills.uz


2021-04-22