Robototexnika tanlovi respublika bosqichi

27–28-avgust kunlari robototexnika bo‘yicha eng yirik musobaqalardan biri FIRST Global Challenge 2022 bellashuvining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston poytaxtida o‘tadigan musobaqada eng yaxshi jamoa bellashadi. Milliy saralash bosqichida g‘olib chiqqan jamoa 2022-yil 13-16-oktabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan FIRST Global Challenge musobaqasida O‘zbekistonni himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadi.

Jamoa tarkibi 3-4 nafar talaba (14 yoshdan 18 yoshgacha) va 1 nafar murabbiy (18 yoshdan katta) iborat bo‘lishi mumkin.

Jamoa bilan ishlashi mumkin bo‘lgan jamoa a’zolari yoki texnik murabbiylari soniga cheklov yo‘q. Ammo rasmiy vakolat ko‘pi bilan to‘rt nafar talabaga va bitta katta ustoz/murabbiyga beriladi. 

Ishtirok etish uchun arizani 25-avgustga qadar quyidagi havola orqali yuborish mumkin:

https://bit.ly/3A6NPZa .

Ma’lumot:

FIRST Global Challenge — har yili turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro robototexnika musobaqasi.

“FIRST Global” har bir mamlakatni musobaqa robotini yaratish va uni dasturlash uchun jamoa yuborishni taklif qiladi. Bellashuvlar davomida dunyoning turli burchaklaridan kelgan yoshlar o‘zaro fikr almashish va hamkorlikni rivojlantirish orqali eng dolzarb muammolardan birini hal qilish ustida bosh qotiradilar.

Batafsil: http://Firstglobal.uz

2022-08-22