SABAH.lab akseleratsiya dasturining 5-toʻlqini uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu besh oylik dastur boʻlib, MVP (Minimal hayotiy mahsulot) bosqichidagi startaplarni ishlab chiqish va investitsiyaga tayyorlash yoʻnalishlarida koʻmaklashadi.
Ishtirokchilarga startaplarga yoʻnaltirilgan oʻquv mashgʻulotlari va seminarlar, mahalliy va xalqaro mentorlar bilan ishlash; marketing va UX/UI, IT-konsalting sohasida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.
Dasturda ishtirok etish uchun MVP va jamoa boʻlishi talab qilinadi. Gʻoya bosqichidagi jamoasiz arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
Dastur yakunlangach, eng yaxshi startaplar SABAH.HUB tomonidan $100 000 miqdoridagi minimal sarmoyalarga ega boʻlishadi.
Arizalar 22-oktyabrgacha (23:59) faqat ingliz tilida ushbu havola orqali qabul qilinadi: http://bit.ly/RegisterAcceleration
Dasturda ishtirok etish uchun joylar soni cheklangan. Axborot hamkori — IT Park.
2023-10-17