Samarqand viloyati hokimi Toshkentdagi IT Park’ka tashrif buyurdi.

2020-yil 15-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov delegatsiyasi bilan Toshkent shahridagi IT Park’ka tashrif buyurdi. Viloyat hokimini IT Park direktori Farhod Ibragimov hamda uning IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqarov kutib oldi.

Delegatsiya IT Park faoliyati va tashkilot zimmasidagi istiqbollar bilan tanishdi.

Uchrashuv doirasida IT Park rezidenti  “Revochain Technology” MChJ direktori  Nodir Turdimatov yaqinda ochilgan IT Park shourumida o‘zining “Monterra Agro” va “Monterra Mining” loyihalarini namoyish qildi.

Shuningdek, Samarqand delegatsiyasi uchun bo‘lajak IT shahar qurilayotgan hududga ekskursiya uyushtirildi. Mehmonlar, shuningdek, qurilish tugagandan so‘ng u yerda qanday faoliyat olib borilishi haqida gapirib berishdi. 

Bunday tashriflar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, davlat tashkilotlari, idoralar va IT Park o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi.

2020-11-17