Samarqandda yoshlar uchun bepul inkubatsiya dasturiga qabul boshlandi

IT Parkʼning Samarqand filiali va Samarqand yoshlar Texnoparki hamkorlikda inkubatsiya dasturiga start berdi.

Loyiha maqsadi – startap gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, mutaxassislar va taniqli tadbirkorlarning treninglari va konsultatsiyalari orqali loyihalarni roʻyobga chiqarishdan iborat.

Inkubatsiya dasturi davrida ishtirokchilar startaplarini takomillashtirishi va uni bozorga chiqishga tayyorlashi mumkin.

Inkubatsiya dasturida davomida qatnashuvchilar mentorlar yordamidan foydalanishi, tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislarning seminarlari ishtirok etishi mumkin. 

Bundan tashqari oʻquvchilar turli tanlovlarda ishtirok etib, networking qilish orqali  investorlarni jalb qilish uchun  mukammal taqdimot tayyorlashni oʻrganishlari va  bu orqali yirik investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin. 

Dastur innovatsion gʻoyalarga ega barcha yoshlar uchun ochiq va uch oy davom etadi. Ishtirok etish bepul.

Roʻyxatdan oʻtish havola orqali. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 29-sentyabr.

2023-09-21