SAP kurslarining 2-toʻlqiniga arizalar qabul qilinmoqda 

Nufuzli xalqaro tashkilotlarda ishlashni xohlaysizmi? Unda Germaniya SAP oʻquv kurslari aynan siz uchun!

Scientech IT-Academy, Brandenburg Amaliy fanlar universiteti (Germaniya) bilan hamkorlikda talabalar uchun o‘qituvchilar (erp4students) ko‘magida pulli eksklyuziv SAP elektron o‘quv kurslarining 2-toʻlqiniga arizalar qabuli boshlanganini eʼlon qiladi.

Dastur ingliz tili darajasi Intermediate darajasidan kam boʻlamgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun moʻljallangan. Darslar gibrid (onlayn va oflayn) formatda o‘tkaziladi va 4 oy davom etadi. Kurslar 1-iyuldan boshlanadi va 24/7 mavjud boʻladi.

Kurs ynalishlari:

  • SAP Analytics Cloud (SAC) – Analysis, Planning, and Integration (tahlil, rejalashtirish va integratsiya);
  • SAP FI – SAP FI — General Ledger & Annual Accounts with SAP S/4HANA (moliyaviy, buxgalteriya hisobi, yillik hisobot);
  • Introduction to SAP S/4HANA Customizing (kastomizatsiyaga kirish).

SAP sertifikati butun dunyoda tan olinadi, professional darajani sezilarli darajada oshirishga imkon beradi va shuning uchun uning mavjudligi muvaffaqiyatli karyera qilish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Va eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, IT Park oʻquv toʻlovlarining 50 foizini qoplaydi. Bundan tashqari, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikat olgan talabalar IT Park tomonidan O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan dastur doirasida SAP sertifikatini olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya pulini olishlari mumkin boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish 20-iyunga qadar quyidagi havola orqali amalga oshiriladihttps://forms.gle/YkUy65Kcx9okcupj9

Eng yaxshi bitiruvchilar Germaniyaning yirik kompaniyalarida masofaviy ravishda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

Qoʻshimcha maʼlumotlar va tafsilotlar: http://erp4students.com,
+998 99 834 29 27; +998 90 026 59 55.

Eslatib o'tamiz, 1-toʻlqin boshlang’ich kurslari allaqachon boshlangan. Kurslar 1-iyundan 4-oylik o'quv jarayonida. 
Kurs yoʻnalishlari: 
1.  Enterprise Resource Planning with SAP S/4HANA
• Buxgalteriya hisobi.
• Moliya hisobi.
2.  Introduction to ABAP
• Dasturlash.
3.  SAP BW/4HANA – Dataflow and BusinessObjects Reporting
• Ma'lumotlar bazalari.

2023-06-07