Seminar-trening: "GitHub nima?"

27-aprel kuni soat 15:00 da IT Park’ning Toshkent filialida “GitHub nima?” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish spikeri dasturlash sohasida 5 yildan ortiq tajribaga ega yetakchi backend-dasturchi Ozod Ochilboyev. Bu vaqt davomida u turli dasturlash tillari va operatsion tizimlar bilan ishlagan, shuningdek, u backend sohasi bo‘yicha dars beradi.

GitHub servisi veb-saytlarni ishlab chiqish sohasida keng tarqalgan. Biroq, shunday savol tug‘iladi: bu o‘zi nima va bu servis dastruchiga nima uchun kerak? Bu kabi savollarga javoblarni seminar-treningda bilib olishingiz mumkin, unda spiker quyidagilarni so‘zlab beradi:

  • GitHub imkoniyatlari haqida;
  • Git nima uchun kerak;
  • repozitariylar nima;
  • repozitariylarni qanday yaratiladi;
  • mahalliy repozitariyni qanday joylashtirish kerak.

Tadbirda maktab o‘quvchilari va OTM talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Seminar o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish va ishtirok etish bepul. Hujjatlar 26-aprelga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/RLbhJNjkL6rWCkxi7

Keling, Github imkoniyatlari haqida bilib oling va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ling!

2023-04-18