Joriy yilning 4-7-mart kunlari O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining delegatsiyasi vazir Sherzod Shermatov boshchiligida va IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov ishtirokida Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O'zbekistonga xorijiy kompaniyalarni jalb etish va hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
5 mart-kuni delegatsiya Sena Group Inc vitse-prezidenti Mehmet Sadiq Yildiz bilan uchrashuv o'tkazdi. Sena Group Inc. bu startaplar uchun axborot texnologiyalari, raqamli ta'lim, inkubatsiya va tezlashtirish dasturlari sohasida ishlaydigan 25 ta kompaniyani birlashtirgan korporatsiya. Korporatsiyaning Istanbul shtab-kvartirasi Yaqin Sharqdan Markaziy Osiyo, Evropa, AQSh va Xitoygacha bo'lgan dunyoning 15 mamlakatida o‘z faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekistonning global IT-biznesni yuritishdagi asosiy afzalliklari, jumladan, strategik joylashuvi, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar va davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadigan keng imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Alohida e’tibor O‘zbeksonning chet tillarni biladigan va IT sohasida talab yuqori bo‘lgan yuqori malakali yoshlariga qaratildi, bu esa uni xalqaro autsorsing kompaniyalari uchun jozibador aktivga aylantirdi.
Keyingi muzokaralarda O'zbekistonning istiqbolli IT-sektoriga minimal tavakkalchilik bilan kirishni istagan kompaniyalar uchun “Zero Risk” va “Regional HQ” dasturlarining noyob imkoniyatlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Sena Group Inc. kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z autsorsing ofisini ochish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Keyingi qadam sifatida kompaniya joriy yilning 18-20 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Offshore Outsourcing Tour” tadbirida ishtirok etadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston bozori istiqbollarini yanada chuqurroq o‘rganish va mahalliy kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
2024-03-06