Mening ismim Aleksandr Antipin, “Metabula Games” mobil o‘yinlar va biznes uchun IT-yechimlar ishlab chiqarish studiyasini boshqaraman. Yaqinda IT Park Uzbekistan ekotizimi bilan shaxsan tanishdim va tajribamni baham ko‘rmoqchiman. Toshkentda bir necha kun ichida kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdim, bank hisobraqamini ochdim, elektron imzo oldim va hatto 2500 yillik tarixga ega Samarqand shahrini ziyorat qilishga ham ulgurdim.
Tajribam shuni ko‘rsatdiki, bugungi O‘zbekiston nafaqat boy madaniy merosga ega mamlakat, balki IT-biznes uchun tez rivojlanayotgan markazdir.
Rasmlar: qahramonning shaxsiy arxividan
Nima uchun O‘zbekiston?
Rossiyadan xorijiy mijozlar bilan ishlash qiyinlashgan bir paytda, O‘zbekiston xalqaro hisob-kitoblar uchun shaffof va qulay mexanizmlarni taklif etmoqda. IT Park Uzbekistan kompaniyalarga AQSh, Yevropa va Osiyolik mijozlar bilan qonuniy va vositachilarsiz ishlash imkonini beradi.
Davlat uchun bu — IT-xizmatlar eksportini rag‘batlantirish usuli, biznes uchun esa xorijiy buyurtmachilardan xavfsiz va samarali daromad olish imkoniyatidir. O‘zbekiston 2030-yilgacha IT-xizmatlar eksporti hajmini yiliga 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan, va IT Park bu strategiyada asosiy rol o‘ynaydi.
Soddalik va qo‘llab-quvvatlash
Kompaniyani IT Park’da ro‘yxatdan o‘tkazish IKEA mebelini yig‘ishdan ham oson. Bu my.it-park.uz saytida amalga oshiriladi: ariza topshiriladi, biznes-reja ilova qilinadi va 15 ish kunidan so‘ng kompaniyaga rezidentlik maqomi beriladi. Mening kompaniyam oldindan tayyor edi, shuning uchun Toshkentda faqat bank hisobraqamini ochish va elektron raqamli imzo (ERI) olish bilan shug‘ullandim.
Toshkentga kelgan birinchi kunimdayoq bank hisobraqamini ochib, zarur hujjatlarni imzoladim. Bank hisobraqamini ochish va plastik karta olishga 2 soat, ERIni olishga esa bir kun ketdi. ERI — bu soliq idorasida fleshkada beriladigan elektron raqamli imzo. U biznesdagi barcha eshiklarning kaliti kabidir.
Shuningdek, bank kartasini rasmiylashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) haqida oldindan qayg‘urishni qilishni maslahat beraman. Men JShShIRni ishonchnoma orqali masofadan olganman, shuning uchun kelishim bilanoq u qo‘limda edi.
Ofislar masalasidagi qulaylikni alohida ta’kidlamoqchiman: IT Park rezidentlarga virtual manzildan foydalanish imkoniyatini beradi, bu ayniqsa jismoniy binoni darhol ijaraga olishni rejalashtirmayotganlar uchun juda muhim.
IT Park xodimlarining yordamini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman: ular maslahat berishadi, hujjatlar bilan ishlashda ko‘maklashishadi va jarayonni iloji boricha tushunarli qilishadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash darajasi bu yerda haqiqatan ham yangi rezidentlarni kutishayotganini his qildiradi. IT Park xodimlari chindan ham yordam berishadi: qayerda imzolash, nimani to‘ldirish kerakligini aytishadi va hatto hammasi joyida ekanligini aniqlash uchun qo‘ng‘iroq qilishadi.
Maslahat: kelayotganda, barcha hujjatlarni (pasport, STIR, kompaniya nizomi) o‘zingiz bilan oling.
Soliq imtiyozlari va afzalliklar
IT Park rezidentligi bir qator soliq va tashkiliy imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi:
Shu tariqa, davlat IT-kompaniyalar global bozorga e’tibor qaratgan holda rivojlanishi uchun sharoit yaratmoqda.
O‘zbekistondagi hayot
Hayratlanarli tomoni shundaki, meni jazirama quyosh emas, yomg‘ir va odatdagi +30 o‘rniga +15 daraja harorat kutib oldi. Shuning uchun bu yerda qolish ancha qulay bo‘ldi. Shahar juda shinam ekan: keng ko‘chalar, ko‘m-ko‘k maydonlar, sayr qilish yoqimli.
Toshkent zamonaviy va yashash uchun qulay shahar bo‘lib chiqdi. Transport narxlarining arzonligi, kafe va restoranlardagi yuqori darajadagi xizmat, rivojlangan infratuzilma (taksi xizmatlaridan tortib yirik chakana sotuvchilargacha) chet elliklar uchun odatiy sharoitlarni yaratadi.
So‘nggi kunni madaniy dasturga bag‘ishladim. Samarqand shahriga tashrif meni vaqtda orqaga qaytargandek bo‘ldi: 2500 yillik tarix, masjidlar, maqbaralar va o‘zimni Alouddin haqidagi ertakda yurgandek his qildim. Registonni kezib chiqdim, choyxonada palov yedim, hamma narsani suratga tushirdim. Agar O‘zbekistonga borsangiz, bu shaharga bir kun ajrating — afsuslanmaysiz.
Samarqandga Afrosiyob tezyurar poyezdida yetib bordim — 2 soatdan so‘ng Amir Temur poytaxtiga yetib keldim.
Saboqlar va tavsiyalar
Umumiy qulaylikka qaramay, ba’zi nozik jihatlarni e’tiborga olish zarur:
O‘zbekiston — yangi IT-hab
IT Park Uzbekistan faqatgina imtiyozlar va biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tizimi emas. Bu — IT-kompaniyalarga xalqaro bozorlarga chiqish imkonini beradigan, chet elda mijozlar topishga ko‘maklashadigan va mamlakatning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan platforma.
Men uchun bu tajriba O‘zbekiston haqiqatan ham Markaziy Osiyoning yangi IT-habiga, IT Park esa — global miqyosda biznesni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun asosiy kirish nuqtasiga aylanib borayotganining isboti bo‘ldi.
2025-09-22