Sirdaryoda ayollar startaplarini qo‘llab-quvvatlash dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda

Sirdaryo viloyatida ayollarni o‘qitish va ayollarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyiha – InnoWoman ishga tushirilmoqda.

Loyiha 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan kompyuter koʻnikmalarini egallashni orzu qiladigan qizlar va ayollar uchun IT-kursi. Dastur 1000 nafar talaba qizlarni kommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida taklif etilayotgan kurslarda oʻqitish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

InnoWoman loyihasi 6 oy davom etadi. Dastur doirasida qizlar va ayollar quyidagi yo‘nalishlarda oʻqiydilar:

  • Kompyuter savodxonligi (1 oy)
  • Veb-dasturlash va loyihalarni boshqarish (5 oy)

Darslar 20-sentabrdan boshlanadi va o‘zbek tilida o‘tkaziladi.  O‘tkaziladigan joy – IT Parkʼning Sirdaryo filiali, hamda, mintaqaviy IT Markazlar. InnoWoman doirasidagi kurslar uchun maxsus narxlar belgilanadi – kurslarning oylik narxi 100 000 so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, kurslar raqobatbardosh AKT-loyihalarini  bosqichma-bosqich amalga oshirish, jumladan, iqtidorli talaba qizlar uchun startap loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam berishni oʻz ichiga oladi. Trening natijalariga ko‘ra, uchta eng yaxshi startap zamonaviy noutbuklar bilan taqdirlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalarni 10-sentabrgacha quyidagi havola orqali yuborish mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/1NzkGzzpVuLcqgv-zKXNFV5eZ4atPliCdrGTeGssQDRM/edit.

2022-08-18