Joriy yilning 6-7-dekabr kunlari Sirdaryo viloyatida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT-park boshchiligida Sirdaryo viloyati hokimligi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Kasb-hunar ta’limi, “mGov Sirdaryo” mobil rivojlantirish tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishning asosiy sharti tibbiyot, taʼlim, energetika, qishloq xoʻjaligi, qurilish, ijtimoiy himoya va bandlik kabi sohalardan birida mobil ilova prototipining mavjudligi hisoblanadi. Ushbu tanlovning asosiy maqsadi zamonaviy jamiyat muammolariga samarali yechim topishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati oldida loyihaning yakuniy taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy mahorat darslarida qatnashishlari mumkin. Tanlov tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘alari bilan bir qatorda, g‘oliblar loyihani yanada samarali amalga oshirish va mobil ilovani amalga oshirish uchun har tomonlama ekspert yordamini olishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi mGov tanlovlari doirasida mamlakatimizning boshqa hududlarida ham Edu Manager, CWC, Umid, Sahiya, Roboteach, Imom Bukhari va boshqa ko‘plab mobil ilovalar ishlab chiqilgan edi. Mazkur loyihalar aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, sifatli masofaviy ta’lim olish, imkoniyati cheklangan shaxslarga ko‘maklashish kabi jamiyatning muayyan muammolarini hal etishga qaratilgan edi.
Muhim! Barcha loyihalar muayyan muammoni hal qilish samaradorligi, innovatsiyalar va foydalanish qulayligi bo'yicha baholanadi.
Ariza topshirishning boshlanish sanasi: 2021-yil 9-noyabr
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2021-yil 4-dekabr
Ishtirok etish uchun havola orqali anketani to'ldirishingiz kerak: https://forms.gle/yzEsMvRDfLJNVLAa8
Ma'lumot uchun telefon: +998 99 472 49 77
2021-11-09