Sovrin jamg'armasi $1 000 000ni tashkil etuvchi "Eng ilgʻor startaplar" unvoni uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini tanlovi!

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevral 66-sonli qaroriga muvofiq, har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “President Tech Award” sovrini uchun tanlov o‘tkazilib, uning doirasida umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap-loyihalar aniqlanadi.

Musobaqa asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Asosiy yoʻnalishlar quyidagi toifalarni oʻz ichiga oladi:

 1. Sun'iy intellektga asoslangan texnologiyalar;

 2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;

 3. Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;

 4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;

 5. Kompyuter va mobil o'yinlar.

72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutuvchi Xakaton Gran-prisi esa maxsus yo‘nalishga aylanadi.

 Musobaqa sovrin jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:

 1. Har bir asosiy toifa uchun:

 1-o‘rin – 100 000 AQSh dollari;

 2-o‘rin – 50 000 AQSh dollari;

 3-o‘rin – 30 000 AQSh dollari.

 2. Xakaton Gran-prisi uchun (maxsus bellashuv) - $100 000 (bitta g'olib)

  Qarorda mazkur tanlovni 5 bosqichda o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan:

 ● arizalarni qabul qilish - 1-maydan 1-iyulgacha;

 ● Dastlabki saralash - 1-iyuldan 25-iyulgacha;

 ● Tanlangan loyihalarni onlayn baholash - 5-sentyabrdan 5-oktyabrgacha;

 ● Oflayn baholash (Demo kuni) - 5-noyabrdan 10-noyabrgacha;

 ● G'oliblarni aniqlash va taqdirlash - 20-noyabr - 25 dekabr.

Ishtirok etish shartlari

Tanlovning asosiy yo‘nalishida faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, maxsus yo‘nalishda esa IT Park rezidentlari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Barcha yo'nalishlar bo'yicha ishtirokchilar 30 yoshgacha boʻlishi, jamoa a’zolari soni 3-8 kishi (asosiy yo'nalish uchun) va 3-5 kishi (maxsus yo'nalish uchun)dan iborat bo'lishi lozim.

Asosiy va maxsus yo'nalishning 1 ta tanlangan toifasida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Qatnashish bepul.

Tanlovda hakamlik startaplarni rivojlantirish bo‘yicha katta xalqaro tajribaga ega mustaqil tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Tanlovning asosiy yo‘nalishlari g‘oliblari ommaviy ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Xakaton natijalari esa (maxsus yoʻnalish) esa mustaqil tashkilot tomonidan baholanadi.

Shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida mazkur tanlovning barcha bosqichlari maxsus portalda o‘tkaziladi.

Tanlov uchun ro'yxatdan oʻtish tez orada boshlanadi.

2023-02-16