“Startap strategiyasini ishlab chiqish” mavzusida onlayn webinar tashkil etiladi

23-iyun kuni soat 16:00 da IT Park tomonidan “Startap strategiyasini ishlab chiqish: tuzilishi, intellektual mulkni himoya qilish va jahon bozoriga chiqish” mavzusida onlayn vebinar tashkil etiladi.

Webinar Zoom orqali rus tilida olib boriladi. Ma’ruzachi – “Rafikov&Partners” yuridik firmasi asoschisi Rustam Rafiqov.

Tadbir davomida ishtirokchilarga startap strategiyasi tuzilishi, uni ishlab chiqish, intellektual mulkni himoya qilish hamda mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish bo‘yicha qimmatli maslahatlar beriladi. 

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://forms.gle/UdE8oFfdDxZdbezSA

Rustam Rafiqov haqida qisqacha ma’lumot:

• raqamli moliyaviy aktivlar va blokcheyn texnologiyasi boʻyicha Moskva shahar Dumasining Madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar komissiyasi ishchi guruhi a’zosi;

• yuridik ekspert va Skolkovoda raqamli iqtisodiyotni tartibga solish boʻyicha ishchi guruhi a’zosi;

• umumiy aktivlari 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan xususiy va professional investorlar, fondlar, startaplar manfaatlarini ifodalagan;

• "Kommersant" tahririyatiga koʻra, Rossiyadagi eng yaxshi huquqshunoslar mustaqil individual reytingining tavsiya etilgan huquqshunosi

2022-06-20