Startaplar uchun investitsiyalarni jalb qilish kursi

6-iyun kuni IT Park komagida Denis Kalishkindan startaperlar uchun 3 haftalik bepul kurs boshlanadi.

Kursning maqsadi investitsiyalarni jalb qilish uchun startap loyihalarni tayyorlashdan iborat. Kurs natijalariga kora bitiruvchilar 10 nafar xorijiy venchur investorlarga startaplar taqdimotini oʻtkazishlari mumkin boladi.

Dastur doirasida kurs ishtirokchilari quyidagilarni organadilar:

  • kelishuvning asosiy shartlari, kapitalizatsiya jadvali;
  • investor startaplarni qanday tahlil qiladi va investitsiya toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi;
  • investitsiyalarni jalb qilish uchun hujjatlar toʻplamini qanday tayyorlash kerak (data room);
  • investor uchun taqdimotni qanday tayyorlash va loyihangizni investorlarga qanday taqdim etish.

Dastur rus tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 5-iyungacha qabul qilinadi.

Kurs tashkilotchisi haqida:

Denis Kalyshkin I2BF Global Venturesʼning investitsion direktori, AQSh va MDHda 9+ yillik investitsiya tajribasiga ega, u eski va zerikarli tarmoqlarni (ishlab chiqarish, qurilish, logistika va boshqalar) zamonaviy texnologiyalar (SI, narsalar interneti, RPA, robotlar va avtomatlashtirish vositalari, SaaS, AR/VR) yordamida oʻzgartirayotgan startaplarga eʼtibor qaratadi.

Kursda qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScwLP883zGudWzSN_lRaVGutCMz8qAl37dJGlx-QlsG-Gpn6A/viewfor

2023-05-29