27-yanvar kuni soat 18:00 da IT-Park Toshkent filialida “Mijozlar tajribasi va uning IT startap yaratishdagi ahamiyati” mavzusida Startup Advice uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir spikeri “Mijozlar tajribasi laboratoriyasi” asoschisi va rahbari Aleksey Ivanov bo‘lib, u ishtirokchilarga mijozlar tajribasi nima ekanligini va nima uchun axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning boshidanoq bu haqda o‘ylash kerakligi haqida soʻzlab beradi.
Ishtirokchilar ilk bosqichlarda, haqiqiy mijozlar bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo'lgunga qadar foydalanuvchilarning fikrlarini to'g'ri bashorat qilishni o'rganadilar. Talabalar Rossiya va xalqaro kompaniyalar, jumladan, taniqli brendlar (HeadHunter, Bosch, Sberbank, Gazprombank, Alfa-Bank, VTB, Rolf, Sportmaster, Petrovich, PEK) va kichik IT startaplari tajribasi bilan tanishadilar.
Sessiya rus tilida olib boriladi, ishtirok etish bepul.
Ushbu havola orqali tadbirga ro'yxatdan o'tish mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScxgXGop-ptAYDfDSZvVV5JthAupXqkXCduMmTfk7kcdZr0fA/viewform
Aleksey Ivanov - Moskva fizika-texnika instituti bitiruvchisi, Coursera platformasidagi “Mijoz tajribasini boshqarish” kursi, shuningdek, boshqa oʻquv seminarlari va treninglar muallifi, asosiy sanoat konferensiyalarining doimiy ishtirokchisi, maʼruzachisi va boshlovchisi;
1999-yildan beri u Internet-marketing va Internet orqali mijozlarni jalb qilish sohasida ishlaydi. U Rossiyada birinchilardan bo'lib UX tadqiqotlarini olib borish va veb-saytlardan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirishni boshladi. 2018-yildan beri u mijozlar tajribasini o'rganish bilan shug'ullanadi, uning asosida Rossiyaning yetakchi kompaniyalari o'z xizmatlarini yaxshilab, biznesining moliyaviy natijalarini yuksaltiradi.
2023-01-23