2022-yilning 23–25 -dekabr kunlari Toshkentdagi Amity Universitetida "Uz-NLP Challenge" xakatoni bo‘lib o‘tadi.
Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “UZINFOCOM” Yagona integratori boʻladi.
Xakaton – bu vaqt cheklangan musobaqa boʻlib, unda jamoalar maʼlum vaqt ichida mahsulot prototipini yoki startap loyihasini yaratishlari kerak. Ushbu xakaton yoshlar o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar doirasida tashkil etilgan, jumladan, boʻlib oʻtgan xakatonlar: Voice AI Challenge va Computer Vision Challenge.
"Uz-NLP Challenge" xakatoni sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlanadi. Shunday qilib, ishtirokchilar matn bilan, shuningdek, oʻzbek tilidagi ovoz bilan ishlaydigan mahsulotlarning prototiplarini yaratishlari kerak bo‘ladi.
Tadbir o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Ishtirok etish uchun siz individual ravishda ariza topshirishingiz mumkin – xakatonning birinchi kunida jamoani topish imkoniyati bilan, yoki jamoada – bir jamoada 3 tagacha ishtirokchi.
Xakaton natijalariga koʻra 3 ta sovrinli oʻrin eʼlon qilinadi, ular tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalariga ega boʻlishadi.
Xakatonda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 21-dekabr soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
2022-11-28