Surxondaryo viloyatida 7 ta Amerika burchagi!

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Termiz shahar IT Markaz o‘quvchilari va o‘qituvchilari, hamda viloyat IT Park xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda 7 ta “Amerika burchagi”ni ochish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu loyihaga AQSh hukumati va mahalliy hamkor tashkilotlar tomonidan 800 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi “Amerika burchagi”ni Surxondaryo viloyati IT Park binosida ochish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, AQSh elchisiga O‘zbekiston tomonidan AQSh va Afg‘oniston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan raqamli ilmiy-ma’rifiy tadbirkorlik markazi loyihasi taqdim etildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi Daniel Rozenblyum Janobi Oliylari ushbu uchrashuvdan juda katta ta’surotlarga ega bo‘lganligi va kelajakda mamlakatlarimiz o‘rtasida IT sohasidagi loyihalar samarasini tez orada ko‘rishga umid qilishini ta’kidladi.

Ma'lumot uchun:

Amerika burchaklari – bu mahalliy hamkorlar asosida tashkil etilgan kichik, Amerika uslubidagi kutubxonalardir.  

- Elchixonalar, maktablar, kutubxonalar va boshqa hamkor tashkilotlardagi Amerika burchaklari quyidagi tadbirlar orqali axborot va o‘zaro aloqalar uchun platforma sifatida xizmat qiladi;

- AQSh universitetlarida tahsil olishni xohlaydigan talabalar uchun konsultatsiyalar; professional ko‘nikmalarni egallash yoki ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha seminarlar;
- 21-asrning ilg‘or texnologiyalari, raqamli ko‘nikmalari hamda ilmiy manbalarni joriy etadigan mashg‘ulotlar va klublar;
- tadbirkorlik, liderlik, dolzarb voqealar, xalqaro aloqalarga oid filmlar, munozaralar va ma’ruzalar.

2021-04-29