“TashRush” dasturi ishtirokchilari uchun Samarqandga sayohat uyushtirildi

2–3-aprel kunlari Samarqand shahar hokimligi ko‘magida IT Park tomonidan Samarqandga sayohat uyushtirildi.  Sayohat “TashRush” dasturi doirasida tashkil etildi.  Unda 250 dan ortiq chet ellik IT-mutaxassislar ishtirok etdilar.

Delegatsiya quyidagi tarixiy joylarga tashrif buyurdi: Registon, Goʻri Amir, Xoja Doniyor maqbarasi, Ulug‘bek Rasadxonasi, Siyob bozori, Bibixonim, hamda, Konigil qishlog‘i.

Bundan tashqari, mehmonlar Qorasu dahasiga tashrif buyurib, zamonaviy Samarqandning imkoniyatlari bilan tanishdilar (kelajakda bu yerga relokatsiya imkoniyatini koʻzlagan holda). U yerda ularga qurilayotgan shaharcha, ish uchun ofis binolari, ijara va sotib olinadigan kvartiralar ko‘rsatildi. Ekspatlar maktab №81 va bolalar bog‘chasiga ham tashrif buyurdilar, Yangi O‘zbekiston istirohat bog‘i qurilishi jarayoni bilan tanishdilar va qurilayotgan Sayyohlik markaziga tashrif buyurishdi (joriy yilning sentyabr oyida SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi).

Mutaxassislar sayohat dasturidan mamnun bo‘lishdi.  Ular o‘zbek xalqi haqli ravishda dunyodagi eng mehmondo‘st xalqlardan biri degan nomga sazovor ekanini ta’kidladilar.  Mehmonlar o‘zbek dastaxoniga befarq qolmadilar, qadimiy Samarqandning go‘zalligi ularga haqiqiy sharqona ertakni eslatdi.

2022-04-05