TechGenius xakatoni uchun arizalar qabuli boshlanmoqda

BMTʼning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bilan hamkorlikda “TechGenius” xakatoni boshlanganini eʼlon qiladi.

TechGenius — bu energetika, qishloq xoʻjaligi va fan sohalarida ilgʻor innovatsion yechimlarni yaratish boʻyicha tanlovdir.  Unda dasturchilar va texnik ishqibozlar, UX/UI dizaynerlari, startap asoschilari, fan, qishloq xoʻjaligi va energetika sohalarida ixtisoslashgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Xakaton davomida ishtirokchilar 2-5 kishidan iborat jamoalarda ishlashadi va oʻz loyihalari boʻyicha ekspert maslahatlarini olishadi. Mentorlar sifatida AQSh, Qozogʻiston va Rossiyadan kelgan mutaxassislar qatnashadi.

Xakaton 10-12 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida boʻlib oʻtadi. Tanlov gʻoliblari foydali gadjetlar koʻrinishidagi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

7-noyabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:

https://techgenius.uz/

2023-11-01