Texnik sharhning navbatdagi sonida siz OpenAIʼning yangi tasvir generatori; sogʻliq uchun xavfli boʻlgan genetik mutatsiyalarni aniqlaydigan Google DeepMind vositasi; nima uchun Ilon Mask oʻzining ijtimoiy tarmogʻini pullik qilayotgani va Googleʼning Bard nomli chatbotining yangi imkoniyatlari haqida bilib olasiz.
Neyron tarmoq tavsifida OpenAI DALL-E 3 oldingi versiyaga nisbatan sezilarli darajada yaxshilanganligini va murakkab soʻrovlar asosida tasvirlar yaratishini taʼkidlamoqda. Model aniq obyektlarga ega sahnalarni tasvirlay olishi va ularning oʻzaro bogʻliqligini hisobga olishi mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar ChatGPT yordamida soʻrovlar tuzish imkoniyatiga ham ega boʻlishdi.
DALL-E 3 hozirda tadqiqot beta-versiyasi bosqichida boʻlib, CHATGPT Plus va Enterprise obunachilari uchun oktyabr oyida API orqali taqdim etiladi.
DALL-E 3 yordamida yaratilgan rasmlar foydalanuvchining mulki boʻlib, ularni nusxalash, sotish yoki tarqatish uchun ruxsat talab qilinmaydi.
AlphaMissense deb nomlangan vosita genetik kodda bitta harf buzilganda sodir boʻladigan “missens mutatsiyalari” ga qaratilgan. Har bir odamda oʻrtacha 9000 ga yaqin bunday mutatsiyalar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari saraton kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin.
AlphaMissense ushbu mutatsiyalarning 89 foizini yuqori aniqlik bilan bashorat qilishga va ular qanchalik xavfli boʻlishi mumkinligini baholashga qodir. Ushbu maʼlumotlar bazasi endilikda boshqa olimlar uchun ham mavjud.
Tibbiy diagnostika uchun moʻljallanmagan boʻlsa-da, vosita olimlarga kasalliklarni keltirib chiqaradigan yangi genlarni topishga yordam berishi mumkin. Bu bilvosita yangi davolash usullarining yaratilishiga olib kelishi mumkin, deydi tadqiqotchilar.
Asbob inson va unga yaqin boʻlgan primatlar DNKʼsi boʻyicha oʻqitilgan.
Tez orada foydalanuvchilar oylik obuna uchun oz miqdorda pul toʻlaydigan boʻlishadi. Maskning tushuntirishicha, platformaning normal ishlashiga xalaqit beradigan “katta botlar armiyasi” bilan bogʻliq muammo pullik obunani joriy etishga sabab boʻlgan.
Uning fikricha, toʻlovni joriy etish botlarning faoliyatini qimmatroq qilgan holda ularning sonini kamaytirishga yordam beradi. Ilgari botlar deyarli hech qancha turmasdi, endi esa ularning har biri uchun bir necha dollar toʻlashga toʻgʻri keladi, bu esa Maskning fikricha, ularning tarqalishiga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatadi. Obuna narxi va mavjud funksiyalar haqida tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
Endilikda foydalanuvchilar undan elektron pochta xabarlari va hujjatlar tarkibini tahlil qilishni soʻrashlari mumkin. Bard Extension integratsiyasi maʼlumotlarni diagrammalar koʻrinishida taqdim etadi, ammo hozircha faqat ingliz tilida.
Google Bardʼni oʻqitish uchun foydalanuvchi maʼlumotlaridan foydalanmaslikni vaʼda qiladi va maxfiylikni kafolatlaydi. Foydalanuvchilar integratsiyani rad etishlari mumkin, uni ishga tushirish esa rozilikni talab qiladi.
Bard javoblarini Google It tugmasi yordamida tekshirish mumkin. Shuningdek, kompaniya umumiy havoladan foydalangan holda bot bilan suhbatni davom ettirish imkoniyatini qoʻshdi, bu esa foydalanuvchiga ilgari boshqa birov tomonidan berilgan savolni kengaytirish imkonini beradi.
2023-09-22