Toshkentda IT Park 2024: Achievements & Vision tadbiri boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 31-yanvar kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining konferensiyalar zalida “IT Park Uzbekistan” ning 2023-yildagi faoliyati yakunlari va kelgusi yilgi rejalariga bagʻishlangan “IT Park 2024: Achievements & Vision” tadbiri boʻlib oʻtadi.

Tadbir dasturi:

10:30 – 11:00 Ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish

11:00 – 11:05 Videorolik

11:05 – 11:20 Kirish nutqi, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov

11:20 – 11:50 “IT Park 2024: Achievements & Vision” taqdimoti,

                         IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov

11:50 – 12:00 “IT Bilim: Summary-2023” taqdimoti,

                        “IT Bilim” direktori Farruh Rasulev

12:00 – 12:45 Savol-javoblar sessiyasi

12:45 – 13:00 IT Park rezidentlarini turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlash marosimi

13:00 — 14:00 Bufet

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting:

https://forms.office.com/r/nZari3FvHY

2024-01-17