IT Park YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa University ko‘magida 27–29-yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan “Open Data Challenge” xakatonini tashkil etadi.
“Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.
Ushbu tanlovning maqsadlari – fan boʻyicha professional hamjamiyatni rivojlantirish; davlat va munitsipal hokimiyat organlari vakillarining, shuningdek, xakaton ishtirokchilarining tegishli vakolatlarini rivojlantirish; davlat va munitsipal ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish.
2023-yilda dastlabki 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan:
Bundan tashqari, ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar jalb qilingan yoʻnalishlarda xakaton ishtirokchilari uchun maxsus workshopʼlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Xakaton boshlanishidan oldin ishtirokchilarga yoʻnalishlar boʻyicha 4 ta vebinar va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha 1 ta workshop o‘tkaziladi. Vebinarlar va workshop sanalari keyinroq eʼlon qilinadi.
Tanlov ishtirokchilaridan quyidagilar talab qilinadi:
Ariza topshirish va batafsil ma'lumot olish: https://datahack.uz/uz.html
2023-01-04