26-28 yanvar kunlari “Yangi Oʻzbekiston” universitetida IT Park tomonidan YXHTʼning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori va “Virtual Group” bilan birgalikda Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi koʻmagida tashkil etilayotgan “Open Data Challenge” xakatoni boʻlib oʻtadi.
Open Data Challenge — bu ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha har yillik xakaton.
Tanlov davlat va munitsipal ochiq maʼlumotlarning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini amalga oshirish, fan sohasida professional hamjamiyat yaratish, shuningdek, davlat va munitsipal organlar hamda xakaton ishtirokchilari uchun tegishli vakolatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Texnologik yechimlar quyidagi toifalardan birida taqdim etilishi kerak:
Xakaton barcha xohlovchilar uchun ochiq. Ishtirokchilar barcha tadbirlarda ishtirok etishlari, ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda raqamli yechimlarni (ilovalar, xizmatlar, qurilmalar) ishlab chiqishlari va “GitHub” platformasida oʻz kodlarini taqdim etishlari shart. Arizalar ham individual, ham jamoaviy (har bir jamoada uch kishigacha) tarzda qabul qilinadi.
Tadbir doirasida toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha dastlabki tanlovlar, ochiq maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha soha mutaxassislari ishtirokidagi ixtisoslashtirilgan mahorat darslari, shuningdek, xakaton oldidan 4 ta onlayn vebinar va 1 ta ochiq maʼlumotlar boʻyicha oflayn master-klass oʻtkaziladi.
Quyidagi havola orqali 25-yanvargacha roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://forms.gle/AWgvNhyUCaoc2HJ2A
2024-01-11