Gruziyaning “Touch Platform” kompaniyasi Gollandiyaning “Acrobator VC” va “Crosspring” fondlari bilan birgalikda IT Park Uzbekistan axborot koʻmagida €1 milliongacha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini beruvchi “Touch Summit Startup Challenge” tanlovi boshlanganini eʼlon qiladi.
“Startup Challenge” 7-8 dekabr kunlari Tbilisida boʻlib oʻtadigan, Kavkaz mintaqasi texnologik hamjamiyatidagi eng yirik tadbirlardan biri boʻlgan “Touch Summit” konferensiyasi doirasida boʻlib oʻtadi.
“Touch Summit Startup Challenge” da ishtirok etish uchun butun dunyo boʻylab B2B (yoki B2C) sohalarida faoliyat yuritadigan va turli sohalarda (kiberxavfsizlik, moliyaviy texnologiyalar, infratuzilma, sintetik ommaviy axborot vositalari va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash) sunʼiy intellekt va mashinali oʻqitish boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan startaplar taklif etiladi.
Ishtirokchilar oʻz loyihalarini yanada takomillashtirish uchun investitsiyalarni izlashlari, mijozlarga va global hamjamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan jahon miqyosidagi salohiyatga ega boʻlishlari kerak.
Barcha arizalar orasidan faqatgina 10 ta startap tanlab olinadi va ularga final oldidan maxsus murabbiylik va kouching sessiyasida qatnashish imkoniyati beriladi, u yerda ular oʻz loyihalarini ekspertlarga taqdim etadilar. Konferensiyaning yakuniy kunida uch nafar finalchi asosiy sahnada keng auditoriya oldida chiqish qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Investitsion qarorlar “Acrobator VC” va “Crosspring” investitsiya fondlarining talablariga to‘liq mos keladi va faqat ularning ixtiyoriga koʻra qabul qilinadi.
Arizalar 20-noyabrga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://lnkd.in/gg3R9vW3
2023-11-17