“Tourism. The Path to innovation” loyihasi ikkinchi to'lqinni boshlaydi!

IT Park o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida turizmda sohasida startaplarni rivojlantirish uchun tanlov tashkil etgan edi.

Bugun esa, “Tourism. The Path to innovation” sayyohlik tanlovining ikkinchi to‘lqini boshlaganini e’lon qilamiz. Unda ishtirokchilar turizm sohasidagi muammolarni hal qiladigan startap loyihalarni taqdim etishlari kerak.

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. G'oliblar turizm sohasidagi startap-loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalar, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan axborot dasturlar va xizmatlarni taqdim etgan tanlov ishtirokchilari orasidan saralab olinadi. Ikkinchi to‘lqinning mukofot jamg‘armasi 800 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Tanlov ikki bosqichda o'tadi:

1-bosqich: 2021 yil 11 iyundan 30 iyungacha ariza beruvchining startap-loyihalari o'rganib chiqiladi va saralanadi.

2-bosqich: 2021 yil 31 iyulga qadar 1-bosqich yakunlari bo'yicha saralangan startap-loyihalar muallifi (ariza beruvchi) komissiya huzurida o'z loyihalari taqdimotini o'tkazadi va taqdimot natijasi bo'yicha baholanadi.

Eslatib otamiz, birinchi bosqichda ishtirok etish uchun 218 ta ariza kelib tushgan, ulardan:

- Toshkent: 95

- Samarqand: 33

- Buxoro: 16

- Fargona: 15

- Jizzax: 19

- Qashqadaryo: 11

Shu bilan birga, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Xorazm va O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham arizalar qabul qilingan. Ariza beruvchilarning ortacha yoshi 29 yoshni ko‘rsatdi. Shu bilan birga, erkaklar mos ravishda 70% va ayollar 30%ni tashkil etdi.

Birinchi tolqin goliblari jami 700 000 000 som  pul mukofotini qo‘lga kiritishdi.

“Tourism. The Path to innovation” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini  kamaytirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” farmoniga muvofiq O‘zbekistonda turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, startaplar va turizm ekotizimini, shuningdek, mamlakatning ichki turizmini rivojlantirish hamda turizm sohasida yoshlar tashabbuslarini rivojlantirish uchun yuqori texnologiyali mahsulotlarni jalb qilish maqsadida tashkillashtirildi.

Tourism. The Path to Innovation” — bu mamlakatimizning turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turizm sohasidagi innovatsiyalarni joriy qilish, turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan startaplar tanlovi.

Musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish 10-maydan 10-iyungacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali royxatdan oting: https://clck.ru/UgcfV

Musobaqa shartlarini bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://clck.ru/RM7ZF  

2021-05-07