“Tourism. The Path to Innovation”: turizm sohasida1,5 mlrd. so‘mlik startaplar tanlovi!

IT Park O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda turizm sohasida startaplar tanlovini e’lon qiladi.

Pandemiya va chegaralarni umumjahon yopish oqibatida turizm sohasi butun dunyoda katta zarar ko‘rdi va O‘zbekiston ham bundan istisno emas edi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni doirasida O‘zbekiston Respublikasi turizmini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasida startaplar va turizm ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, turizm salohiyatini ochish, mamlakat ichki turizmini rivojlantirish va turizm sohasida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori texnologiyali mahsulotlar olish maqsadida tanlov tashkil etishga qaror qildik.

Tanlov mohiyati?

“Tourism. The Path to Innovation” - bu mamlakat sayyohlik sohasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turizm sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantirish, mamlakatning turizm salohiyati va xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan startaplar uchun tanlov.

Arizalarni tanlash mezonlari:

- tavsiya etilgan startap loyihasining dolzarbligi: zamonaviy muammolar va vazifalarni hal qilish uchun loyihada ifodalangan g‘oyaning ahamiyati baholanadi;

- startap-loyiha g‘oyasining innovatsion yo‘nalishi va yangiligi: loyiha Respublikada ilgari qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar, mahsulotlar va (yoki) ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillaridan foydalanishni nazarda tutishi, yangi xizmatlarni yaratish, shuningdek, yangi xizmatlarni joriy etishni nazarda tutishi kerak;

- startap loyiha natijalariga erishish mumkinligini baholash: taklif qilingan usullarning mavjudligi, haqiqiyligi va yetarliligi va belgilangan natijalarni olish uchun muammolarni hal qilish usullari baholanadi;

- bozorda mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabni baholash: bozor talabi va e’lon qilingan mahsulot yoki xizmatlarning savdo istiqbollari baholanadi;

- startap loyihani tijoratlashtirish istiqbollari: kelgusida mahsulot bozorga kirish va chiqish istiqboliga ega bo‘lishi kerak, muayyan iste’molchi uchun qo‘llanilishi;

- loyihaning potentsial raqobat afzalliklarini baholash: iste’molchi uchun asosiy xususiyatlar baholanadi, unda mahsulot/texnologiya mavjud analoglardan ustunlikka ega;

- loyihaning investitsion jozibadorligi: qo‘shimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar va imtiyozlar to‘plami;

- loyihaning iqtisodiy samaradorligi: loyihani amalga oshirishning bevosita ishtirokchilari uchun moliyaviy natijalarini hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi byudjet samaradorligi.

Agar sizda O‘zbekistondagi turizm sohasi rivojiga ozgina bo‘lsa-da hissa qo‘shuvchi startap g‘oyasi bo‘lsa, u holda “Tourism. The Path to Innovation” - bu turizm sohasiga va umuman mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish uchun ideal imkoniyatdir.

Tanlovning yаkuniy bosqichi 2020-yil noyabr oyining oxirida bo‘lib o‘tadi. Ishlab chiqilgan mezonlarga muvofiq hakamlar hay’ati startapni rivojlantirish maqsadida subsidiyalar olish uchun 20 tacha jamoa tanlab olinadi.

Tanlovning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 500 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfQJRyoz80c1-0evTrsC8hjs9ycu162UogNaJMqyTxnermHFw/viewform

2020-10-10