TTPU talabalariga xalqaro IT sertifikatlari uchun kompensatsiya dasturi haqida so‘zlab berildi

IT Park vakillari universitet talabalari uchun IT-taʼlim olish imkoniyatlari haqida soʻzlab beruvchi tadbirlar oʻtkazmoqda.

16-sentyabr kuni Xalqaro sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i Mirabbos Anvarov IT Park Toshkent filiali rahbari Sherzod Abdurahmonov bilan birgalikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida (TTPU) xalqaro sertifikatlar uchun kompensatsiya olish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimot davomida IT Park vakillari talabalarga xalqaro IT sertifikatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi, kompensatsiyalanganlar ro‘yxatini ko‘rsatishdi, shuningdek my.gov.uz saytida kompensatsiya olish uchun ariza to‘ldirish tartibini tushuntirib berishdi.

Bundan tashqari, Mirabbos Anvarov talabalarga IT Park hamkori Coursera ta’lim platformasi va uning ta’lim imkoniyatlari haqida gapirib berdi.

Sertifikatlashtirish boʻlimi xodimlari Toshkent shahridagi IT yoʻnalishiga ega boʻlgan barcha xalqaro va davlat universitetlariga taqdimot bilan tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

2022-09-19