Tumaris.Expo Xalqaro startap ko'rgazmasi!

Bundan roppa-rosa bir yil avval, 2022-yil fevral oyida ayollar tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi – Tumaris.Techning Markaziy Osiyo bosqichi ishga tushirilgan bo‘lib, uning doirasida hozirda ishtirokchilarga har tomonlama koʻmak berib kelinadi.

Markaziy Osiyo bosqichi doirasida quyidagi dasturlar amalga oshirildi:

 • trekerlar maktabi;

 • ikkita hakaton;

 • inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining ikki to'lqini.

Bir yil davomida dastur tashkilotchilari o'z g'oyalarini sifatli mahsulotga aylantirishga yordam berishdi va natija oʻlaroq muvaffaqiyat qozonildi! 11-mart kuni Astrum IT Akademiyasida bo‘lib o‘tadigan Tumaris.Expo xalqaro ko‘rgazmasida Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan 20 ta jamoa o‘zlarining istiqbolli texnologik loyihalarini taqdim etish imkoniyati mavjud!

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, IT Park direktori Farhod Ibragimov va Beeline raqamli operatorining O‘zbekistondagi direktori Anjey Malinovski ochib beradi.

Tumaris.Expo koʻrgazmasi texnologiya tadbirkorlari tomonidan innovatsion ishlanmalar va yangi mahsulotlarni keng auditoriyaga taqdim etish, Markaziy Osiyo hamkorligini yangi bosqichga koʻtarish hamda jamiyatni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar haqida Markaziy Osiyodagi ayollarni xabardor qilish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Tadbirda xususiy va davlat sektorlari vakillari, venchur kapital fondlari va biznes farishtalar vakillari, xalqaro hamkorlar, yetakchi tadbirkorlar, inflyuenserlar, ommaviy axborot vositalari, bloggerlar va ekotizimning boshqa ishtirokchilari ishtirok etadi.

Tadbir mehmonlarini quyidagilar kutmoqda:

 • texnologik tadbirkorlik yoʻnalishida ayollar salohiyatini oshirish imkoniyatlari bo'yicha konferensiya;

 • qiziqarli loyihalar;

 • turli soha mutaxassislari bilan tanishuv;

 • sovrinli tanlovlar;

 • tansiq taomlar va qahva/choy;

 • oʻziga xos jonli ishbilarmon muhit.

Tadbir soat 10:00 dan 16:00 gacha bo'lib o'tadi, oldindan ro'yxatdan o'tish shart. Joylar soni cheklangan:

https://forms.gle/GBPBEm8vF9Mvw67y5

Tadbirning batafsil dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://drive.google.com/file/d/1pcKmwx7_3Z5umXYpzOCVcGatcUyHayvz/view?usp=share_link

Loyiha USAIDning “Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish” loyihasi hamda O‘zbekistondagi “Beeline” raqamli operatori bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, ko'rgazma doirasida yana bir ulkan tadbir - startup-battl (startaplar bellashuvi) bo'lib o'tadi! IT Park loyihalarni oʻzlarining innovatsion gʻoyalarini bir guruh investorlar, tadbirkorlar va soha ekspertlariga namoyish etish uchun tadbirga taklif etadi. 10 ta eng yaxshi startap tomoshabinlar va hakamlar hay’ati oldida taqdimot uchun tanlab olinadi. G‘olibga tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

 Startap-loyihalarga qo'yiladigan talablar:

 • IT komponentining mavjudligi;

 • kamida MVP yoki sotishga tayyor mahsulotga ega bo'lish.

 25-fevralgacha quyidagi havola orqali murojaat qilishingiz mumkin:

https://forms.gle/3zhBnT5bawKMjMNb9

2023-02-10