Siz hali ham IT qizlar uchun ekanligiga shubha qilasizmi? Tumaris.Tech dasturi shubhalarni bartaraf etishga yordam beradi!
Tumaris.Tech — bu Markaziy Osiyodagi ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan eng yirik loyiha boʻlib, uning maqsadi ayollarning IT-startaplariga oʻz loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirishda yordam berishdan iborat.
Loyiha 2020-yil iyul oyida ishga tushirilgan, 2022-yil fevral oyida esa Markaziy Osiyo bosqichiga chiqdi. Shu vaqt ichida qizlarni IT ekotizimiga jalb qilishni kuchaytirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar va faoliyatlar amalga oshirildi. Yuzlab qizlar va ayollar oʻz bizneslarini boshlashga yoki mavjud gʻoyani rivojlantirishga yordam beradigan foydali koʻnikmalarni qoʻlga kiritishdi va hatto oʻz startaplari uchun mablagʻ olishdi. Xususan, loyiha koʻrsatkichlari:
Va bu hali hammasi emas! 12-dekabr kuni akseleratsiya va inkubatsiya dasturining yakuniy to‘lqini boshlanadi, natijada 10 ta eng yaxshi startap-loyiha 2023-yil mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan transport xarajatlari qoplangan startap ko‘rgazmasiga taklifnoma oladi. Bu Tumaris.Tech loyihasi yopilishidan oldin yakunlovchi tadbir.
Ayollarning IT-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng kuchli loyiha ishtirokchilari safiga qo‘shilish uchun oxirgi imkoniyat qoldi! Katta Tumaris.Tech oilasining aʼzosi bo‘lishga shoshiling va ismingizni Markaziy Osiyodagi ayollar startaplari tarixiga kiriting! Hujjatlar 5-dekabrgacha qabul qilinadi. Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://forms.gle/fAjhh8X6WDhdyN5J7
Dastur USAIDʼning Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, Beeline Digital-operatori, TBC Bank va Huawei ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayollar loyihasining muvaffaqiyati xalqaro mukofot bilan taqdirlandi: bu yil “Tumaris Tech” Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi (ITU) tomonidan “Capacity building” (potensialni oshirish) sohasidagi eng yaxshi xalqaro loyiha deb topildi.
2022-12-01