Tumaris Tech loyihasi mamlakatning barcha hududlari bo‘ylab barcha yoshdagi xotin-qizlar uchun onlayn kurslarni yo‘lga qo‘ymoqda!

2020-yil 7-dekabr kuni Oʻzbekistonda xotin-qizlarning IT sohasidagi texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Tumaris Tech” loyihasi doirasida oʻzbek tilidagi onlayn kurslarning birinchi toʻlqiniga start berilmoqda. Unda quyidagi zamonaviy kasblar bo'yicha ta'lim beriladi:

- kompyuter savodxonligi;

- mobil dasturlash;

- veb dasturlash;

- SMM va kopirayting;

- grafik dizayn.

Kurslar Oʻzbekistonning barcha hududlarida yashovchi barcha yoshdagi xotin-qizlarga taklif etiladi. Ish yoki qoʻshimcha daromad topish istagi bo'lgan uy bekasi yoki kelajak kasbini egallashni ishtiyoqida boʻlsangiz, ikkilanmasdan roʻyxatdan oʻting va yangi hamda foydali maʼlumotlarning ulkan oqimiga tayyor turing.

Eslatib oʻtamiz, Tumaris Tech - USAID tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi koʻmagida IT Park tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekistonda IT sohasida xotin-qizlar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash loyihasi boʻlib, unda ayollarning oʻz startap loyihalarini ishlab chiqishda rag'batlantiriladi.

Loyiha ICT ekotizimiga ayollarni jalb qilishni kuchaytirishga qaratilgan: BPO (Business Process Outsourcing)dan tortib frilanser sifatida ishlashni istagan ayollar uchun startaplarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun taʼlim berishgacha.

Kurslar oʻzbek tilida onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Kursning eng yaxshi talabalariga ishga joylashish imkoniyati beriladi.

Kurslarda ishtirok etish uchun havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/6NdhFHtgFViX2qCY6

Roʻyxatdan oʻtish muhlati: 2020-yil 7-dekabr.

2020-11-18