25-fevral kuni O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligida IT Park Uzbekistan tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida “Universitetlarda startap ekotizimini rivojlantirish” forumi tashkil etildi. Tadbir 300 dan ortiq mehmonni, jumladan, 80 dan ziyod universitet, startap-sanoat, investor va korporativ sektor vakillarini birlashtirdi hamda yoshlar tadbirkorligining asosiy masalalarini muhokama qilish uchun platforma yaratdi.
Startaplar xiyoboni
Forum talabalar startaplari ko‘rgazmasi bilan ochildi. Unda yosh asoschilаr o‘z loyihalarini taqdim etib, ekspertlardan tavsiyalar oldilar va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov shaxsan xiyobonga tashrif buyurib, startap asoschilari bilan suhbatlashdi va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Universitetlar talabalar startaplari uchun platforma sifatida
Tadbirning rasmiy qismi vazir Sherzod Shermatovning qutlov so‘zi bilan boshlandi. U universitetlarni startap ekotizimiga integratsiya qilish, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, universitetlarning biznes va davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
“Xorijiy xizmat safarlari davomida vatandoshlarimiz bilan tez-tez uchrashib turaman va ularning startaplari yangi bozorlarda erishayotgan muvaffaqiyatlarini faxr bilan kuzataman.
O‘zbekistonda mahsulot yaratib, xalqaro bozorlarga chiqayotgan va e’tirof etilayotgan shijoatli hamda iqtidorli yoshlarni ko‘rib, yana bir bor amin bo‘laman: yutuqlarning chegarasi yo‘q. Bizning vazifamiz - yoshlar uchun har bir bosqichda, ayniqsa, kelajak avlod tadbirkorlari va novatorlari uchun poydevor bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarida eng yaxshi sharoitlarni yaratishdir,” — deya ta’kidladi vazir.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev ham tabrik so‘zi bilan chiqdi:
“Oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokisiz kuchli startap ekotizimini yaratish mumkin emas, chunki aynan u yerda yangi g‘oyalar tug‘iladi, yoshlar tajriba o‘tkazadi, ilhomlanadi va o‘z loyihalarini hayotga tatbiq etishga intiladi. Universitetlar innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlanadigan, shijoatli startapchilar esa o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur resurslarga ega bo‘ladigan maydonlarga aylanishi lozim.”
Forumning asosiy masalalaridan biri universitetlarni innovatsion tadbirkorlik markazlariga aylantirish bo‘ldi. Talabalarni startap ekotizimiga jalb qilish mexanizmlari, inkubatsiya dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining biznes bilan aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Universitetlarning roli: talabalar startaplari va akseleratsiya markazlari
Startap ekotizimini rivojlantirishda oliy o‘quv yurtlariga asosiy rol berilgan. Universitetlarda talabalarga quyidagilarda yordam beradigan inkubatsiya markazlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Digital Finance” akseleratsiya markazi direktori Nargiza Qosimovaning aytishicha, markaz allaqachon 50 ta talaba startapiga yordam bergan, ulardan 10 tasi xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan, jalb qilingan investitsiyalarning umumiy miqdori esa 100 ming dollarni tashkil etgan.
Toshkentdagi INHA universiteti rektori Bobur Abdullayev ularning inkubatsiya markazi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Universitet talabalarning tadbirkorlik faoliyatini faol qo‘llab-quvvatlaydi, tadbirlar va mentorlik sessiyalarini o‘tkazadi. Universitet o‘z talabalarining yutuqlari bilan faxrlanadi, ularning ko‘pchiligi xalqaro texnologik tanlovlarda g‘olib bo‘lgan.
Muvaffaqiyatli talabalar startaplarining ikkita yorqin misoli:
Ushbu loyihalar yoshlar tadbirkorligi salohiyatini, talabalarning texnologik yechimlarni ishlab chiqish va bozorga chiqishga tayyorligini namoyish etadi.
Startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash: akseleratorlar va investitsiyalar
Universitetlardan tashqari, talabalar startaplarini turli akseleratsiya va investitsiya dasturlari qo‘llab-quvvatlaydi.
“IT Park Ventures” direktori o‘rinbosari Dalerxon Nodirov talabalar loyihalari qanday qilib investitsiyalarni jalb qilishi va venchur fondlari uchun jozibador bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib berdi. U muvaffaqiyatning uchta asosiy omilini ta’kidladi:
“Startup Garage”ning Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Ravshanbek Ibrohimov mamlakatimiz bo‘ylab “Startup Garage” platformasida yaratilgan startaplar uchun imkoniyatlarni taqdim etdi. Ushbu studiyalar infratuzilma va resurslar bilan ta’minlash orqali startaplarga rivojlanishning barcha bosqichlarida ko‘maklashadi.
“Plug and Play Uzbekistan” direktori Muhammad Mahmudov akseleratorning universitetlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha xalqaro tajribasi haqida ma’lumot berdi. U turli mamlakatlarda talabalar startaplarini qo‘llab-quvvatlash modeli qanday joriy etilayotgani va bu tajribani O‘zbekistonda qanday qo‘llash mumkinligi haqida so‘zlab o‘tdi.
Keyingi qadamlar: Universitet startap ekotizimini rivojlantirish
Forum universitetlarning talabalar nafaqat bilim oladigan, balki muvaffaqiyatli startaplarni yaratadigan innovatsiya markazlariga aylanishi mumkinligini tasdiqladi. Inkubatsiya markazlari, akseleratsiya dasturlari va moliyalashtirish mexanizmlari allaqachon rivojlanmoqda, biroq hamkorlikni, xalqaro aloqalarni va investitsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Keyingi qadam — oliy ta’lim muassasalarining innovatsion iqtisodiyotga faol integratsiyalashuvidir. Talabalar tadbirkorligi uchun sharoit yaratish orqali biz iqtidorli yoshlarga jahon bozoriga chiqish va O‘zbekistonning texnologik taraqqiyoti kelajagiga yo‘l ochib beramiz.
2025-02-26