Urganchda IT-texnikum, IT-Markaz va IT Park inkubatsiya markazi ochildi

2022-yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatining Urganch shahrida IT-Markaz, IT-texnikum va inkubatsiya markazining ochilishida ishtirok etdi.

Tadbirda Koreya Respublikasidan Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vazirining o‘rinbosari Ko Gyu Chang, Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov, IT Park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Ayupov boshchiligidagi delegatsiya, IT Park direktorining hududiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov va boshqalar ham ishtirok etdilar.

Mahalliy yoshlarning o‘z startap g‘oyalari va biznes loyihalarini amalga oshirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan yangi IT Park inkubatsiya markazida ish boshlagan innovatsion g‘oya egalari o‘z loyihalarini taqdim etib, rejalari haqida gapirdi.

Koreya Respublikasi ko‘magida ochilgan shahardagi IT-Markazda mehmonlarga robototexnika va boshqa IT-mutaxassisliklari bo‘yicha allaqachon ochiq va hamma uchun ochiq bo‘lgan kurslar taqdim etildi.

Qolaversa, tadbir davomida Xorazm viloyatidagi ayollar va qizlarni IT-ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha “TechBika” keng ko‘lamli loyihasi yakunlari sarhisob qilindi.  Natijada 1148 nafar xotin-qiz bepul ta’lim oldi, ulardan 500 nafari ish bilan ta’minlandi, qolganlari esa IT-mutaxassisliklarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirdilar.  Loyiha bitiruvchilariga Koreya delegatsiyasi va IT Park vakillarining sertifikatlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Aytish joizki, Sherzod Shermatov va Ko Gyu Changga IT Prkʼning Urganch filialida mahalliy IT-kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar: zamonaviy ofislar, yuqori tezlikdagi internet aloqasi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan kovorking markazi taqdim etildi.

Aytgancha, hozirda filialda 9 nafar rezident faoliyat yuritmoqda, jumladan, EPAM Systems kabi yirik IT-kompaniyalar, hamda, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari doirasida 40 ga yaqin startap-loyihalar ishlab chiqilmoqda, ulardan 5 tasini moliyalashtirishga muvaffaq boʻldi.

Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ochilish marosimida yaqinda IT Parkʼning Urganch filialida ochiladigan va logistika sohasida ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatish va keyingi ishga joylashishni nazarda tutuvchi BPO Schoolʼga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.  Shuningdek, bunday maktabning ochilishi Xorazm viloyati yoshlarini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash, viloyatda IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirish imkonini beradi.  Bunday maktablar allaqachon Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida ochilgan va o‘zlarining dastlabki guruhlarini o‘qitish uchun yig‘ib bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatimiz yoshlarining bilim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hamda, “TechBika” kabi yirik loyihalarni amalga oshirish, Toshkent shahrida axborot texnologiyalari sohasini aholi orasida ommalashtirish maqsadida BPO Schoolʼni ochish muhimligini ta’kidladi.

“Zamonaviy matematika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asos solgan buyuk olim Muhammad al-Xorazmiy vatanida Koreyalik hamkorlar koʻmagida ilk IT-Markazlardan biri ochilayotgani gʻoyat ramziy maʼnoga ega.  Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.  Mazkur markazning ochilishi esa ana shu g‘oyalarning amaliy timsolidir”, — deya qo‘shimcha qildi Sherzod Shermatov.

2022-02-16