Jahon banki, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Parkning qoʻshma loyihasi hisoblangan “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasini ishga tushirish arafasida vazir oʻrinbosari Rustam Karimjonov, IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov va Jahon bankining Raqamli global amaliyotni amaliyotni rivojlantirish direktori Kristin Syan boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida loyiha guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasining maqsadi raqamlashtirish darajasini oshirish va mamlakatimizda ITES sohasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, infratuzilmani rivojlantirish va normativ-huquqiy bazani yangilashdan iborat. Loyiha uchta asosiy komponentdan iborat: raqamli inklyuzivlik va qulay muhit, umummilliy mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda IT-xizmatlarni ragʻbatlantirish va joylashuvning jozibadorligini oshirish.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish va Oʻzbekistonning eksport salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha navbatdagi qadamlar hamda IT-sohasida koʻrilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Jahon banki vakillari respublikada IT sektorni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganini alohida taʼkidladilar.
Bundan tashqari, Jahon banki delegatsiyasi aʼzolari “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari taqdim etib, xaridlar va moliyaviy tarkibiy qismlarni yoritib berishdi, shuningdek, bankning ekologik va ijtimoiy siyosati bilan tanishdilar.
Loyiha raqamlashtirish va mintaqaviy infratuzilmaga sarmoya kiritish, qonunchilik, meʼyoriy-huquqiy va institutsional bazani modernizatsiya qilish, shuningdek, aholining eng zaif qatlamlari orasida asosiy koʻnikmalarni rivojlantirish orqali Oʻzbekistonni mintaqaviy texnologik xabga aylantirishda muhim bosqich boʻladi.
Jahon banki koʻmagida ITES-markazlar barpo etiladi va rekonstruksiya qilinadi, shuningdek, 200 dan ortiq xalqaro va mahalliy kompaniyalar mamlakatimizdan turib xorijga IT-xizmatlarni taqdim etish uchun etiladi.
Shuningdek, loyiha doirasida 6000 dan ortiq yosh mutaxassislarni tayyorlash, 18-30 yoshdagi aholi uchun texnologiyalar sohasida 25000 ta yangi ish oʻrni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. Bandligi taʼminlangan ayollarning soni umumiy boʻsh ish oʻrinlarining 50 foizini tashkil etishi kutilmoqda, bundan tashqari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 4 foizlik kvota ajratish koʻzda tutilgan.
2024-05-16