“Uzinfocom” kompaniyasiga tashrif buyurildi

“Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri doirasida “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator Uzinfocom” MChJ IT-tashkilotiga tashrif buyurildi.

“Uzinfocom” mutaxassislari 1000 dan ortiq hukumat va davlat axborot resurslarining faoliyatini taʼminlaydi va .UZ domen zonasini boshqaradi.

Tashkilot tur ishtirokchilariga oʻzining flagman mahsulotlari: “MyID vision” — inson yuzi orqali biometrik identifikatsiyalash tizimi va “MyID Palm” — kaft tomirlari orqali identifikatsiyalash tizimini namoyish etdi.

Shundan soʻng kompaniya monitoring, asosiy koʻrsatkichlarga (KPI) erishishni toʻgʻri rejalashtirishni nazorat qilish va boshqaruvning turli darajalaridagi rahbarlar faoliyati samaradorligini hisobga olish boʻyicha istiqbolli loyiha — Samaradorlik.uz; billing tizimi — Digital Energy; biznes va hukumat uchun blokcheyn platformasi — Token.uz va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz loyihalarini taqdim etdi.

Loyihalardan tashqari mehmonlarga kompaniyaning tez orada ishga tushirilishi rejalashtirilgan “IT Academy Ustudy” oʻquv markazi haqida ma’lumot berildi. 

2024-03-19