“Venchur tahlilchi” onlayn kursining o‘ninchi oqimi boshlanadi

1-iyul kuni AQSH va MDHda 9 yildan ortiq investitsiya tajribasiga ega I2BF Global Ventures kompaniyasining investitsiya boʻyicha direktori Denis Kalishkin tomonidan mashhur “Venchur tahlilchi” bepul onlayn kursining 10-oqimi boshlanadi.

Kursning maqsadi bo‘lajak va joriy venchur investorlarni, biznes angellarni, korporatsiyalarning akseleratorlar va innovatsiyalar bo‘limlari xodimlarini, shuningdek, startap asoschilarini tayyorlashdan iborat. 4 hafta davomida kurs ishtirokchilari venchur kapital qo‘yilmalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Treningda venchur kapital fondi asoslari va uning qanday ishlashidan tortib, startaplarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va venchur fond portfelini boshqarishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli mavzular yoritiladi. Shuningdek, kurs startap uchun bozor va raqobat tahlili, bitimning asosiy shartlari, investitsiya memorandumi va Due Diligence jarayoni kabi mavzularni ham qamrab oladi.

Nazariy qismdan tashqari, ishtirokchilar Lotin Amerikasi venchur bozorini tahlil qilish va Twitch investitsiya memorandumini o‘z ichiga olgan guruhli amaliy tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu talabalarga olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash va venchur kapital qo‘yilmalari sohasidagi tajribalarini chuqurlashtirish imkonini beradi.

Onlayn kurs venchur kapitalidagi martaba bo'yicha qo‘shimcha mustaqil o‘quv materiallari va vebinarlarni taklif qiladi. Ishtirokchilar, shuningdek, Denis Kalishkinning o֯‘zidan savollar berishlari va javob olishlari mumkin bo‘lgan onlayn sessiyalarda hma qatnashadilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, oxirgi oqim tinglovchilari soni 7000 kishidan oshdi, bu esa ushbu o‘quv dasturining qiziqishi va ahamiyatini tasdiqlaydi.

Roʻyxatdan oʻtish bu yerda: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfw-Vwqn-oMpqD0BWlLcjBPqhHlgbFJybcjuOFiubvG-g8ozA/viewform

2023-06-20