“Venchur tahlilchisi” onlayn kursi

12-sentabr kuni Ask VC IT Park koʻmagida Venchur tahlilchisi onlayn kursini ishga tushiradi. Darslarni I2BF Global Ventures investitsion direktori Denis Kalishkin olib boradi.

Dastur 4 hafta davom etadi, unda ishtirok etish bepul.

Kurs startaplar, venchur investorlar, shu jumladan kelajakdagi investorlar, shuningdek, biznes-farishtalar, akseleratorlar va korporatsiyalarning innovatsion boʻlimlari xodimlari uchun moʻljallangan.

Dastur ishtirokchilari quyidagilar haqida bilib olishadi:

  • venchur fondi va u qanday ishlaydi;
  • startap uchun bozor va raqobat tahlili;
  • kelishuvning asosiy shartlari (term sheet);
  • kapitallashuv jadvali (cap table);
  • investitsiya memorandumi, startap xatolarini tahlil qilish mezonlari va venchur investorning kognitiv buzilishlari;
  • Due Diligence jarayoni;
  • startapning moliyaviy metrikalarini tahlil qilish va moliyaviy modelni yaratish;
  • venchur fondi portfelini boshqarish, risklarni muvozanatlash, fondning hayot sikli.

Bundan tashqari, kurs davomida ishtirokchilar mentor bilan birgalikda quyidagi keyslarni tahlil qilishadi:

  • Lotin Amerikasi venchur bozorini tahlil qilish;
  • Bessemer fondining investitsiya memorandumi asosida Twitch investitsiya memorandumini tahlil qilish.

Shuningdek, talabalar venchur fondidagi mustaqil ravishda oʻrganish uchun qoʻshimcha materiallar, venchur fondidagi karyera boʻyicha vebinarlar va Denis Kalishkin bilan onlayn savol-javob sessiyalarini olishadi.

Kursga 12-sentabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:

https://forms.gle/FewqXBh6xC6UwDVu6

Kursga qo'shiling: https://www.ask-vc.org/vc-analyst .

Tashkilotchi haqida:

Denis Kalishkin – I2BF Global Venturesʼning investitsion direktori, AQSh va MDHda 8+ yillik investitsiya tajribasi, zamonaviy texnologiyalar (SI, narsalar interneti, RPA, robotlar va avtomatlashtirish vositalari, SaaS, AR/VR) yordamida sohalarni o‘zgartirayotgan startaplarga eʼtibor qaratgan.

2022-09-07