"Venchur tahlilchisi" onlayn kursining 7-oqimi start olmoqda

14-noyabr kuni IT Park ko‘magida kelajak va joriy venchur investorlar, biznes farishtalar (“business angels”), korporatsiyalarning akseleratorlar va innovatsiyalar bo‘limlari xodimlari, shuningdek, startap asoschilari uchun mo‘ljallangan “Venchur tahlilchisi” onlayn kursining 7-bosqichi ishga tushirildi.

Dastur 4 hafta davom etadi, unda ishtirok etish bepul. Darslarni I2BF Global Ventures kompaniyasining investitsion direktori Denis Kalishkin olib boradi.

Kurs davomida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:

• venchur fondi nima va u qanday ishlaydi

• startap uchun bozor va raqobat tahlili

• bitimning asosiy shartlari (term sheet)

• kapitalizatsiya jadvali (cap table)

• investitsiya memorandumi, boshlang‘ich tahlil mezonlari, venchur investorining xatolari va kognitiv nomutanosibliklar

• Due diligence jarayoni

• startapning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va moliyaviy modelni yaratish

• venchur fondi portfelini boshqarish, risklarni muvozanatlash, fondning hayot sikli

Dastur ishtirokchilarini amaliy tadqiqotlar ham kutmoqda: a) Lotin Amerikasi venchur bozori tahlili), b) Bessemer fondining investitsiya memorandumi asosida Twitch investitsiya memorandumini tahlil qilish, Denis Kalishkin bilan onlayn savol-javob sessiyasi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga venchur kapital fondida karyera qurish bo‘yicha qo‘shimcha mustaqil o‘quv materiallari va vebinarlar taqdim etiladi.

Dasturga ro‘yxatdan o‘tish uchun:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc8XxN2f-iwS3Gw6q6OmzUZsDtE8nlgm3U80pvNPZmewee2LQ/viewform

Tashkilotchi haqida:

Denis Kalishkin - I2BF Global Ventures kompaniyasining sarmoyaviy direktori, AQSh va MDHda 8+ yillik investitsiya tajribasiga ega mutaxassis zamonaviy texnologiyalardan (AI, Internet, robotlar va avtomatlashtirish, SaaS, AR/VR) foydalangan holda eski va zerikarli sanoatni (ishlab chiqarish, qurilish, logistika va boshqalar) o‘zgartiradigan startaplarga e’tibor qaratadi.

2022-11-09