Xalqaro IT sertifikatiga ega olti kishi “MOS Championship” uchun Orlandoga uchish imkoniyatini qoʻlga kiritishi mumkin!

IT Park “Certiport” xalqaro test markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Memorandumga muvofiq, tomonlar yoshlarni IT sohasida o‘qishga motivatsiya qilish va ularning xalqaro IT sertifikatlari haqida xabardorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Birinchi qoʻshma tashabbus sifatida IT Park va uning yangi taʼlim boʻyicha hamkori Certiport AQSh chempionatida ishtirok etish uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan 6 nafar nomzodni saralaydi.

Certiport – bu Amerika kompaniyasi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 000 dan ziyod markazlarda oʻtkaziladigan testlarni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan testlarning yetakchilardan biri hisoblanadi. Tanlov ishtirokchisiga aylanish uchun 2023-yil 15-maygacha Certiport test markazida Microsoft Certified Educator sertifikatini olish lozim. Barcha ishtirokchilardan eng yuqori natijaga erishgan 6 kishi tanlab olinadi hamda barcha yo‘l va ishtirok xarajatlari qoplanadi.

Tanlov ishtirokchilari Microsoft Office Word, Excel va PowerPointʼdan foydalanish qobiliyatida oʻzaro raqobatlashadilar. G‘oliblar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladilar:

  • 1-o‘rin: $8000, kubok, g‘olib sertifikati;
  • 2-o‘rin: $4000, medal, g‘olib sertifikati;
  • 3-oʻrin: $2000, medal, gʻolib sertifikati.

Batafsil maʼlumot quyidagi havola orqali: https://www.moschampionship.com/

Tanlov ishtirokchilarining barcha yoʻl va ishtirok xarajatlari qoplanadi. Bundan tashqari, xalqaro IT sertifikatiga ega boʻlgach, siz oʻqish va imtihon xarajatlari uchun 50% gacha kompensatsiya olishingiz mumkin. Kompensatsiya olish boʻyicha tafsilotlar: https://it-istedod.uz/index-ru

Aʼzo boʻlishni xohlaysizmi? IT Parkʼning Toshkent filialida boʻlib oʻtadigan “MS Word” dasturining tayyorgarlik kurslariga yoziling. Arizalar 2023-yil 16-aprelgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/59vDhfewpSRnhAFz9

Tayyorgarlik bir oy davom etadi, arizalar yig‘ilgandan keyin jadval tuziladi. Shoshiling, joylar soni cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, Certiport tomonidan tashkil qilingan Microsoft Office Specialist World Championship – bu talabalarning Microsoft Office Word, Excel va PowerPoint bilan ishlash koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazadigan global musobaqa hisoblanadi. Eng yaxshi talabalar jahon chempionatida oʻz mamlakatlari nomidan qatnashish uchun taklif qilinadi. Baʼzi mamlakatlar yoki mintaqalarda talabalar milliy chempionatda qatnashishlari shart va ushbu tadbir gʻoliblari Jahon chempionatida qatnashishni davom ettiradilar.

2023-04-10