Xorazm viloyatida robotlar jangi musoboqasi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

12-may kuni Xorazm viloyati IT-park filialida “Robotlar jangi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad maktab o‘quvchilarining ilmiy-texnikaviy yo‘nalishda ijodiy salohiyatini rivojlantirish va erta kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy ijod va robototexnikani ommalashtirishdan iborat.

Viloyat bosqichida robototexnika ishqibozlari qatori “Barkamol avlod” markazi tarbiyalanuvchilari ham bellashdi.  Ishtirokchilarning umumiy soni 24 kishini tashkil etdi.  Har bir tumandan bittadan o‘quvchi yakka tartibda qatnashdi.

Musobaqa ko’tarinki ruhda o’tdi, g‘oliblar esa esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ta’kidlash joizki, robototexnika bugungi kunda faol rivojlanmoqda. U bolaning harakatchanligini, e'tiborini rivojlantirish, ko'rsatmalarga rioya qilish va natijalarga erishish qobiliyatini shakllantiradi.

Bunday tadbirlar yosh muhandislarni raqamli texnologiyalardan foydalanish zarur bo‘lgan mutaxassisliklarni egallashga undaydi.  Bundan tashqari, tanlov robototexnika sohasiga  qiziquvchi hamfikrlar bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

2022-05-13