Xorazmda “TechBika” loyihasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-aprel kuni Xorazm viloyatida “TechBika” loyihasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihada jami 430 nafar qiz va ayollar ishtirok etdi.

Tadbirda IT Park mintaqaviy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov, IT Park innovatsiyalar bo‘limi direktori Jahongir Rajabov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari universiteti filiali vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.


“TechBika” — bu 1000 nafar xotin-qizlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlashga o‘rgatishga qaratilgan loyiha. Loyiha tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park hamda Xorazm viloyati hokimligi.

Ushbu loyiha kimlarga mo‘ljallangan:

-  Maktab bitiruvchi qizlari;

-  Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlari;

-  Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyent qizlar;

-  12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kam ta’minlangan va ehtiyonjmand qizlar.

Viloyat shaharlari va tumanlari kesimidagi ishtirokchilar bo‘yicha statistic ma’lumotlar:

- Urganch shahri: 154

- Xiva shahri: 35

- Bog‘ot tumani: 10

- Gurlan tumani: 20

- Qo‘shko‘pir tumani: 6

- Urganch tumani: 5

- Hazorasp tumani: 25

- Xonkin tumani: 21

- Xiva tumani: 34

- Shovot tumani: 27

- Yangiariq tumani: 29

- Yangibozor tumani: 24

- Tuproqqal’a tumani: 40

Shuni ta'kidlash kerakki, loyihaning eng yosh ishtirokchilari 11 yoshda.


Ayni damda loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ikkinchi bosqich 2021-yilning 9-iyun kuniga qadar quyidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha davom etadi. Kompyuter savoxonligi, ingliz tili, loyihalarni boshqarish, robototexnika, frilans, grafik dizayn va “One Million Uzbek Coders” loyihasi asosidagi kurslar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-13-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan loyihaning ochilish marosimida 250 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.

1-martdan 9-martga qadar test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Ularda 543 ga yaqin xotin-qizlar qatnashdi. 10-martdan buyon Xorazm viloyati IT Markazlarida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 384 nafar xotin-qizlar “Kompyuter savodxonligi” kursida tahsil olishni boshlashdi.

Ushbu loyiha jamiyatning ajralmas qismi, ya’ni ayollarga o‘zlarining ichki potensialini anglash va tushunib yetish, axborot texnologiyalariga oid asosiy bilimlarini shakllantirish, shuningdek, ishga joylashish, shuningdek, IT va boshqa sohalarda karyerasini davom ettirishda asqatadigan boshqa qimmatli xislatlarni rivojlantirishga imkon berdi.

2021-05-03