Loyihaning maqsadi- 1000 nafar o’quvchi qizlarni axborot texnologiyalari va xar xil soxalar bo’yicha keng qamrovli o’quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar tayorlash.
Loyiha tashabbuskorlari: O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park xamda Xorazm viloyati hokimligi.
Loyiha auditoriyasi:
Loyiha vazifasi, qizlarni bo’sh o’rinlar bilan ta’minlash.
“TechBika” loyihasini amalga oshirish mexanizmi 4 boqichdan iborat:
1 bosqichda professional ta’lim va IT-mutaxassislarni tayorlash uchun 8 ta yo’nalish bo’yicha kompleks o’quv dasturi tashkiletilgan:
2 bosqichda iqtidorli qizlar uchun “Start-up” loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishida yordam berish.
3 bosqichda ish bilan ta’minlash va o’z-o’zini ish bilan ta’minlashga yordam berish, ya’ni freelancing.
4 bosqich, o’quv dasturi oxirida iqtidorli qizlarni rag’batlantirish.
Dasturga qabul qilish uchun matematika va informatika fanlaridan test olinadi va yuqori baxo olgan qizlarimiz o’quv kurslarimizda o’qish imkoniga ega bo’lishadi.
Dastur davomiyligi: 8 oy
Mashg‘ulotlarning intensivligi: haftasiga 3 marta, kuniga 1,5 soatdan.
O’qish 2 smenada amalga oshiriladi.
Kurslar 2021-yil 1-mart kuni boshlanadi.
Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilarga bilimlarini tasdiqlovchi sertifikatlar taqdim etiladi.
"Techbika" loyihasida ro'yxatdan o'tish:
2021-02-14