Video o‘yinlar sanoati uchun yetakchi global biznes yechimlar yetkazib beruvchisi — “Xsolla” va IT Park Uzbekistan O‘zbekistonda birinchi O‘yin ishlab chiqish akademiyasini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Ushbu hamkorlik mahalliy iste’dodlarni rivojlantirish va mintaqada jadal taraqqiy etayotgan o‘yin sanoatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
“ICT WEEK 2024” doirasida “Xsolla” kompaniyasi va IT Park Uzbekistan vakillari O‘yin ishlab chiqish akademiyasini tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli rejani muhokama qildilar. Akademiya ko‘nikmalarni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va o‘yin sanoatini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratadi. Ushbu tashabbus O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratilishi va IT-mutaxassislarning malaka darajasi oshishi orqali mamlakatga sezilarli foyda keltirishi kutilmoqda.
Memorandumning asosiy jihatlari:
Mamlakatning texnologik landshaftidagi asosiy o‘yinchi bo‘lgan IT Park Uzbekistan ushbu ulkan loyihani amalga oshirishda “Xsolla” kompaniyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ularning vazifasi IT Park rezidentlari bilan shartnomalar tuzish, eng qulay joylashuvni aniqlash va kompaniyani O‘zbekistonda tashkil etish uchun huquqiy jarayonlarni soddalashtirish bo‘lib, bu ularning O‘yin ishlab chiqish akademiyasi tashabbusini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi.
“Xsolla” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘yin ishlab chiqish akademiyasining tashkil etilishi O‘zbekistonning global GameDev sektoridagi mavqeyini mustahkamlashda muhim bosqich hisoblanadi. Akademiya bitiruvchilari nafaqat O‘zbekiston o‘yin sanoatining o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadilar, balki xalqaro loyihalar ustida ishlash, jahon darajasidagi qimmatli tajriba va bilimlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida ularning karyera istiqbollarini va sohaning global mavqeyini yaxshilaydi.
Xsolla kompaniyasi haqida
“Xsolla” — video o‘yinlar savdosi bilan shug‘ullanadigan global kompaniya bo‘lib, ushbu soha uchun maxsus ishlab chiqilgan kuchli vositalar va xizmatlar to‘plamiga ega. 2005-yilda tashkil etilganidan buyon “Xsolla” turli darajadagi minglab o‘yin ishlab chiquvchilari va nashriyotlarga global miqyosda va turli platformalarda o‘z o‘yinlarini moliyalashtirish, targ‘ib qilish, ishga tushirish va monetizatsiya qilishda yordam berib kelmoqda. O‘yin savdosi sohasida innovatsion yetakchi sifatida “Xsolla” kompaniyasining vazifasi hamkorlariga geografik qamrovni kengaytirish, ko‘proq daromad olish va butun dunyo bo‘ylab o‘yinchilar bilan aloqa o‘rnatishga ko‘maklashish uchun global taqsimlash, marketing va monetizatsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etishdir. Kompaniyaning bosh qarorgohi Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida joylashgan bo‘lib, Monreal, London, Berlin, Pekin, Guanchjou, Seul, Tokio, Kuala-Lumpur, Roli va dunyoning boshqa shaharlarida ofislari mavjud. “Xsolla” “Valve”, “Take-Two”, “KRAFTON”, “Nexters”, “NetEase”, “Playstudios”, “Playrix”, “miHoYo” va boshqa yirik o‘yin loyihalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumot va tafsilotlar uchun xsolla.com saytiga tashrif buyuring
2024-09-26