Yandex dasturlash maktabi oʻquvchilar uchun qabul ochilganini eʼlon qiladi

IT Parkning Toshkent filialida Yandex dasturlash maktabining Python tilida dasturlashni oʻrganish boʻyicha kunduzgi kurslari uchun qabul ochilmoqda.

Bir yillik bepul dastur saralashdan oʻtgan 8-10-sinf oʻquvchilariga Python dasturlash tilini oʻzlashtirish, veb-ilovalar, chatbotlar va foydalanuvchi interfeyslarini yaratishni oʻrganish imkonini beradi.

Mashgʻulotlar haftasiga ikki marta ikki akademik soatdan oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun maktab oʻquvchilari ikki bosqichdan — test sinovi va suhbatdan oʻtishlari kerak.
Ishtirok etish uchun arizalar quyidagi havola orqali qabul qilinadi:
https://forms.yandex.ru/surveys/coding_school_uz/

Ariza topshirgandan soʻng, ishtirokchilar onlayn test uchun koʻrsatmalar boʻlgan elektron pochta xabarini olishadi. 21-sentyabr, soat 23:00 ga qadar anketani toʻldirib, test topshirishingiz mumkin. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar suhbatga taklif qilinadi.

Taʼlim bepul. Dasturlash maktabi bitiruvchilari Yandex litseyida oʻqishni onlayn formatda davom ettirishlari ham mumkin. Shu maqsadda oʻyinlar ishlab chiqish, maʼlumotlarni tahlil qilish, mashinali oʻqitish va Djangoʻda veb-dasturlash yoʻnalishlari boʻyicha Go kursi yaratildi.

2023-09-15