IT Park yangi loyiha – “Edusession” dasturi ishga tushirilgani haqida e’lon qiladi.
“Edusession” dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlish,karyera qurish va daromad olishni boshlashdan manfaatdor boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Dastur doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn formatda o'tkaziladi. Mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar tanlangan soha (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) bo'yicha bilimga ega bo'lishlari, o'z loyihalarini ishga tushirish va dunyodagi eng yetakchi kompaniyalarda karyera qurish imkoniyatlarini o'rganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida o'z malakalarini oshirishlari, hamfikrlar bilan aloqa oʻrnatishlari o'rnatishlari mumkin.
Tadbir spikerlari – texnologiya sohasi mutaxassislari, IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlar va muvaffaqiyatga erishgan yirik IT-kompaniyalarning xodimlari. Ular oʻz misolida muvaffaqiyat yoʻli, maqsadga erishish usullari haqida soʻzlab berib, mutaxassis sifatida qimmatli maslahatlari bilan boʻlishadilar. Shuningdek, ma’ruzachilar o‘z ustida ishlashning ahamiyati, turli sohalardagi yoshlar o‘z biznesi, karyerasi gullab-yashnashiga hissa qoʻshadigan omillar haqida ham so‘z yuritadilar.
Ma’ruzalar orasidagi tanaffus davomida esa turli tadbirlar va sovrinli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Spikerlarni qabul qilish keyinroq e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “IT Community of Uzbekistan” (O‘zbekiston IT hamjamiyati) guruhi LinkedIn platformasida faol ish olib bormoqda, bu yerda IT sohasida hamfikrlar va mutaxassislarni topish mumkin. Hamjamiyatning maqsadi IT salohiyatini yuksaltirishda koʻmak berishdan iborat.
IT hamjamiyat quyidagilarni taklif qiladi:
• IT-ta’lim haqida ma'lumot topish;
• bilim va tajriba almashish;
• karyera qurish;
• loyiha uchun jamoa topish;
• fikrlarni muhokama qilish;
• yordam olish va murabbiyni topish.
2023-02-07