19-iyul kuni Toshkentda yangi “GAP” — IT sohada ayollar klubi loyihasi ishga tushirildi.
Ushbu loyihaning maqsadi — ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish.
Soʻnggi yillarda hukumat ayollarning jamiyatdagi roli va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi IT Park bilan hamkorlikda ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan “GAP” — IT sohada ayollar klubi loyihasiga asos solishdi.
Klubning asosiy vazifasi – ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning IT sohasidagi savodxonligini oshirish hamda ularni IT sohasida o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyatini yaratishdan iborat. Klub tashabbuskorlarining maqsadi – IT-sohasida ayollarning tanqisligi muammosini bartaraf etish, IT-kasblarini ayollar va yosh qizlar uchun ochiq va qiziqarli qilish, shu orqali IT sohasidagi gender tafovutini kamaytirishdan iborat. IT-soha imkoniyatlarini koʻrsatish va ayollarni ish qidirishda qoʻllab-quvvatlash.
Klubda muntazam ravishda rasmiy va norasmiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Rasmiy: spikerlarning chiqishlari, taqdimotlar, muhokamalar. Buning uchun klub o‘z g‘oyalarini muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirgan ayollarni mehmon sifatida taklif qiladi.
Norasmiy: dastur har safar yangilanadi: bu filmlarni tomosha qilish, kvest yoki sport tadbirlari boʻlishi mumkin.
Klubda ishtirok etish ayollarga katta afzalliklar taqdim etadi. Masalan, ayollarni AKT sohasida o‘qitish va rivojlantirish kelajakda ularga yuqori maoshli ish topish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, oʻzlariga qulay jadvalda ishlashni orzu qilgan ayollar va frilanserlar uchun aktual. Bundan tashqari, bu har bir ayolning oʻz puliga ega boʻlishiga va moliyaviy jihatdan mustaqil boʻlishiga imkon beradi.
Kelgusida klubni ayollar uchun muloqot maydoniga aylantirish rejalashtirilgan, unda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashishlari, netvorkingni kuchaytirishlari va o‘zaro hamkorlik qilish uchun hamfikrlarni topishlari mumkin.
“GAP” klubi – birinchi navbatda ayollar va yosh qizlar uchun hamjamiyat vazifasini oʻtaydi. Bu yerda ular gʻalaba va muvaffaqiyatsizliklari bilan boʻlishishlari, maslahat soʻrashlari va bir-birlariga yordam berishlari mumkin. Bu oʻsish, qoʻllab-quvvatlash va orzu sari harakatlanish muhiti.
2022-07-20