IT Park Coursera bilan hamkorlikda rezident kompaniyalar xodimlarini bepul o‘qitishni ta’minlovchi yangi qo‘shma loyihani ishga tushirmoqda. Ushbu tashabbus kompaniyalarga 50 nafargacha xodimlarini oʻqitish va qayta tayyorlashga yordam berish uchun moʻljallangan.
Bunday imkoniyatga ega boʻlish uchun kompaniyalar ikkita mezon boʻyicha toʻgʻri kelishi kerak:
Bepul litsenziya olish uchun kompaniya havola orqali maxsus shaklni toʻldirishi kerak.
Ushbu tashabbus IT Park rezident kompaniyalariga oʻz xodimlarining malakasini oshirish va zamonaviy bozor muammolarini hal qilishda yordam berish uchun moʻljallangan. Bepul oʻqitish orqali kompaniyalar oʻz xodimlariga Coursera tomonidan taklif etilayotgan turli xil kurslar va mutaxassisliklarga kirish imkonini taqdim etishlari mumkin.
2023-07-19