Yangi onlayn kurslar platformasi

IT Park Coursera bilan hamkorlikda Uzbekcoders.uz onlayn kurslarining yangi mahalliy platformasini ishga tushiradi!

Uzbekcoders – “One Million Uzbek Coders” (OMUC) loyihasining ikkinchi bosqichi bo‘lib, endilikda yagona ta’lim portali ko‘rinishida.

Maqsad o‘zgarishsiz qoldi – yashash joyi, jinsi, daromad darajasi va tayyorgarligidan qatʼi nazar, IT-ta’limni hamma uchun ochiq qilishdan iborat.

Bepul kurslar dasturi butunlay yangilandi. Endi roʻyxatga data science, sunʼiy intellekt, texnologiya, biznes va soft skills boʻyicha yana 10 000 ta kurs qoʻshildi.

Eslatib oʻtamiz, Coursera xalqaro miqyosdagi onlayn taʼlim platformasi boʻlib, u dunyoning 275 ta yetakchi universitetlari, jumladan Stenford, Prinston, Pensilvaniya OTMʼlari, Jon Xopkins universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti va boshqalar bilan hamkorlikda kurslar yaratadi.

Coursera platformasi oʻquvchilari uydan chiqmagan holda quyidagilarga ega boʻladilar:

  • xalqaro bozorda tan olingan sertifikat;
  • karyera boshlash yoki uni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan bilim;
  • qimmatbaho sovgʻalar bilan tanlovlarda, eng yaxshi mutaxassislar bilan konferensiyalarda qatnashish imkoniyati;
  • har qanday kursni muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda foizsiz kredit olish huquqi;
  • muayyan kursga sarflangan mablagʻning 50% gacha qaytarish imkoniyati;
  • 10 000 dan ortiq kurslarga yillik kirish imkoni.

 

2023-05-10