Yangi vakansiya: IT Park rekruter izlamoqda

IT Park tajribali rekruter lavozimiga bo‘sh ish o‘rni mavjud ekanligini ma’lum qiladi. Biz xodimlarni ishga olish bo‘yicha ish tajribasiga ega oliy ma‘lumotli, kompetentli va muloqotga kirishuvchan mutaxassis qidirmoqdamiz.

IT Park quyidagi ish sharoitlarini taqdim etadi:

- ish grafigi soat 9.00 dan 18.00 gacha, haftasiga 5 ish kuni;

- Ozbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq ish;

- ahil va quvnoq jamoa;

- kasbiy osish va professional rivojlanish imkoniyati;

- ish haqi suhbat natijalariga qarab belgilanadi.

Biz izlayotgan rekruter qanday bo‘lishi kerak?

  • oliy ma’lumotli;
  • kompaniya xodimlarini ishga olish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • rus va o‘zbek tillarini mukammal darajada bilishi, savodli yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilishi;
  • kompyuterda ishlashni, shu jumladan Microsoft Office dasturidan foydalanishni bilishi;
  • stressga chidamli, muloqotga kirishuvchan, yaxshi xotiraga ega bo‘lishi;
  • odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • malakali kadrlarni tanlash va tegishli kanallarni izlash qobiliyatlari.

Rekruterning vazifalari nimalardan iborat?

- IT Park uchun mos nomzodlarni izlash;

- intervyular o‘tkazish;

- turli lavozimlarga nomzodlarning tajribasi, qobiliyati va shaxsiy fazilatlarini baholay bilish.

Arizalarni http://hr@it-park.uz elektron manziliga jo‘nating

 

 

2021-06-24