Yangi vakansiyalar: IT markazlarga menejerlar va o‘qituvchilar kerak

IT Park o‘z jamoasi uchun respublikaning barcha hududlaridagi IT markazlariga Frontend va Backend bo‘yicha iqtidorli menejerlar va o‘qituvchilarni izlayapti. Siz rezyumeni yashash hududidan qat’iy nazar yuborishingiz mumkin, chunki biz siz uchun eng yaqin IT markazida ish topamiz!

Bizga to‘g‘ri keladigan IT Park menejeri nimalarni bilishi va nimalarga ega bo‘lishi kerak?

- oliy yoki o‘rta ma’lumot;

- rus va o‘zbek tillarini bilish;

- kompyuterda ishlash, Microsoft Word dasturlarini professional darajada, Microsoft Excel dasturini formulalar yordamida jadvallarni tuzish darajasida bilish;

- Rivojlanish va martaba ko‘tarilishiga intilish;

- Xushmuomalalik va sezgirlik.

Frontend va Backend o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar:

- oliy yoki o‘rta ma’lumot;

- rus va o‘zbek tillarini bilish;

- Frontend yoki Backend professional darajadagi malakaga ega bo‘lish;

- o‘qituvchilik tajribasi 1 yildan;

- Stressga chidamlilik, xushmuomalalik.

Ikkala lavozim uchun ham ish sharoitlari:

- ish jadvali soat 9.00 dan 18.00 gacha, haftaning 5 ish kuni;

- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish;

- martaba o‘sishi va rivojlanishi;

- do‘stona va quvnoq jamoa;

- Ish haqi suhbat natijalariga ko‘ra muhokama qilinadi.

Rezyumeni hr@it-park.uz elektron manziliga yuborish mumkin

Kontaktlar: +99897 4457444 Doniyor / +99897 1493222 Zafar

Telegram: @hr_donier

2021-09-14