YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (BMT FAO) bilan hamkorlikda hamda IT Park koʻmagida Fargʻonadagi IT-startaplar uchun inkubatsiya dasturiga arizalar yigʻilishi boshlanganini eʼlon qiladi.
Inkubatsiya dasturi — bu gʻoya va jamoaga yoki boshlangʻich MVP’ga ega boʻlgan rivojlanishning dastlabki bosqichidagi startaplarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturdir. U startaplarga oʻzlarining oʻsish va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan resurslar va qoʻllab-quvvatlashdan foydalanish imkoniyatini beradi.
Dastur bir oy davom etadi va 15 ta IT-startaplar uchun moʻljallangan. Ushbu dastur Fargʻona vodiysining turli sohalarda, jumladan, agrotexnologiyada biznes samaradorligi va barqarorligini oshirish boʻyicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan yosh tadbirkorlarga moʻljallangan.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
YeXHT, BMT FAO va IT Park oʻrtasidagi hamkorlik dastur ishtirokchilariga muvaffaqiyatli rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur boʻlgan ekspert bilimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Dastur 17-noyabrda boshlanadi. Arizalar 16-noyabrgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/vqn4WU3sK9XRSuzd6
Inkubatsiya dasturi ikkita tashabbus doirasida amalga oshiriladi:
Inkubatsiya dasturining maqsadi innovatsiyalarni ragʻbatlantirish orqali Oʻzbekistonda startap ekotizim va biznesni rivojlantirishni faol qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Dastur yangi ish oʻrinlari yaratish va mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi rejalashtirilgan.
2023-11-13